Jahon

Dasturxon atrofidagi odatlar insonni sotib qo‘yadi

Insonni yaxshiroq bilish uchun uni ovqatlanishga taklif qilish kifoya.

Dasturxon atrofidagi odatlar insonni sotib qo‘yadi

 

Taomni isteʼmol qilish tezligi

 

Djulyetta Bogossyan taʼkidlashicha, tez ovqatlanadiganlarning tirishuvchanlik xarakteri ularga har lahzadan zavq olishga xalal beradi. Bunday insonlarning atrofidagi tanishlari ko‘p bo‘lsa-da, faqat 2-3 yaqin do‘stlariga vaqt ajrata olishadi.

 

Sekin ovqatlanuvchilar o‘z odatlariga sodiq va juda qaysar bo‘lishadi. Ular xudbin va o‘z huquqlarini boshqalardan ustun qo‘yuvchilardir. Bunday insonlar nafaqat dasturxon atrofida, balki ishda ham sekin harakatlanishadi.

 

Yoqimli suhbatdoshlar siz bilan bir vaqtda ovqatlanishni to‘xtatishiga eʼtibor qilganmisiz? Ular murosaga tez kelishadi va boshqalar bilan hisoblashishadi.

 

Agar insonning ovqat tanovul qilishi grafikka asoslangan bo‘lsa, u o‘z ishini vijdonan bajarishga odatlangan. Odatda bunday insonlar kun qanday qilib o‘tib ketganini bilmay qolishadi, ammo bajargan ishlaridan ko‘ngillari to‘ladi.

 

Dasturxon atrofidagi xulq-atvor

 

Ovqatni tatib ko‘rmasdan unga tuz qo‘shadiganlar va menyuga qaramay turib buyurtma qiluvchilar hayotdagi o‘zgarishlarni qiyin qabul qilishadi.

 

Avval bir mahsulotni yeb bo‘lib, keyingina boshqasiga o‘tadigan odam mayda ikir-chikirlarga ham eʼtiborliligi bilan ajralib turadi. Bunday odamlar ishini sidqidildan bajaradi, ammo o‘zgarishlarni yoqlamaydi.

 

Agar tanishingiz yangiliklardan bosh tortib, doim bir xil taom buyurtma qilsa, eʼtiborli bo‘ling: odatda bundaylar asabiy va sababsiz vahima qiluvchilar bo‘ladi.

 

Ofitsiantga savollar berib, ovqat tanlash bo‘yicha maslahat so‘raydiganlar tajribalarga tayyor va yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun tizimga qarshi boruvchi odamlardir.

 

Taʼmlar bo‘yicha tanlov

 

Taʼm va hid sezishning buzilishini tadqiq qilish fondi rahbari Alan Xirsh sho‘r ovqatlarni yoqtiradiganlar oqim bo‘ylab suzuvchilar ekanini taʼkidlaydi.

 

Ziravorli taomlar moddalar almashinuvini yaxshilaydi va organizmni qizitadi. Bunday mahsulotlarni tanlovchilar tartibni yaxshi ko‘rishadi va mayda detallarga vaqt sarflashni yoqtirishmaydi.

 

Tadqiqotlar achchiqni xush ko‘ruvchilar jamiyat qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezishini ko‘rsatgan. Bunday odamlar yutuqlari har safar eʼtirof etilishini istashadi.

 

Shirinliklarni afzal ko‘ruvchilar esa muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishga doim tayyor bo‘lishadi.

 

Yuqoridagi misollar suhbatdoshingizning xarakteri haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘lishingiz va shu bilan birga o‘zingizga bir nazar tashlashingizga sabab bo‘lishi mumkin.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.