Jahon

Pokistonda bolalar yerdan 274 metr balandlikdagi kanatda qolib ketdi

Qutqaruvchilar kelguniga qadar yo‘lovchilar kamida to‘rt soat davomida kanat vagonida qolishgan.

Pokistonda bolalar yerdan 274 metr balandlikdagi kanatda qolib ketdi

 

Pokiston shimoli-g‘arbidagi dara ustidan o‘tgan osma yo‘lda (kanat) qolib ketgan 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yana ikki kishini qutqarish bo‘yicha amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

Rasmiy shaxslarning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz kishidan iborat guruh maktabga ketayotganida po‘lat arqonlardan (tros) biri uzilib ketgan va ular yerdan 274 metr balandlikda osilib qolgan.

 

Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar kelguniga qadar yo‘lovchilar kamida to‘rt soat davomida kanat vagonida qolishgan.

 

Avariya seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 07:00 da Xayber-Paxtunxva provinsiyasining Allay vodiysi hududida ro‘y bergan.

 

Ochiq vagon bitta tros orqali tutib turilgan.

 

Allay – tog‘li hudud bo‘lib, dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda joylashgan. Bu hududdagi aholi yashash manzillari bir-biridan uzoq masofalarda joylashadi.

 

Pokiston shimolidagi mazkur tog‘li hududning katta qismida transport infratuzilmasi mavjud emas, bu yerda yo‘llar deyarli yo‘q. Ko‘plab hududlarda bir tog‘dan boshqasiga o‘tish uchun shunga o‘xshash ko‘tarish vositalaridan foydalaniladi.

 

Mahalliy o‘qituvchilardan biri Pokistonning Dawn nashriga aytib berishicha, uning hududida boshqa transport yo‘qligi uchun har kuni maktabga 150 ga yaqin kishi kanat yo‘l orqali qatnaydi.

 

Kanat yo‘lda qolib ketgan o‘quvchilar yashaydigan hududdan maktabgacha masofa piyoda ikki soatda bosib o‘tiladi. Shuning uchun mahalliy aholi vakillaridan biri bo‘lgan mexanik o‘ziga xos lift qurishga qaror qilgan, uning yordamida yuqoriga atigi to‘rt daqiqa ichida ko‘tarilish mumkin.

 

Mahalliy politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, u qurilish uchun mahalliy rasmiylardan ruxsat olgan, rasmiylar ham uning xavfsizligini har oyda tekshirib turishi kerak bo‘lgan.

 

Mahalliy politsiyachining BBC muxbiriga aytishicha, 22 avgust kuni tongida ham kanat orqali maktabga va ortga to‘rt qatnov amalga oshirilgan, ammo beshinchi safar kanat arqoni uzilib ketgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"