O'zbekiston

Surxondaryoda madaniy meros obyektlariga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Xususan, VII asrga oid arxeologik yodgorlik hududida g‘isht ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish oqibatida 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Surxondaryoda madaniy meros obyektlariga 3 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

 

Bosh prokuratura va Madaniy meros agentligi hamkorligida tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyatida bir qator qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

 

Xususan, Sho‘rchi tumani hokimligi mansabdor shaxslari o‘z vazifalariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishgani oqibatida madaniy meros obyektlariga 3,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Jumladan, 2022-2023-yillarda:

 

  • “M.” xususiy korxonasi rahbari X. M. va boshqalar “Yangiariq” mahallasidagi VII asrga oid “Jartepa” arxeologik yodgorligi hududida g‘isht ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib, 1,8 mlrd so‘mlik;
  • fuqaro E. M. va boshqalar “Katta Sovur” mahallasidagi VI-VIII asrlarga oid “Qorovultepa” arxeologik yodgorligi tuproqlarini kesib, molxona qurib olib, 693 mln so‘mlik;
  • fuqaro T. T. va boshqalar “Sourtepa” mahallasidagi I-V asrlarga oid “Savurtepa-2” arxeologik yodgorligi tuproqlarini kesib, molxona, hojatxona qurib, 670 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"