Iqtisodiyot

Manfaatli hamkorlik: O‘zbekiston — Ozarbayjon sanoat kooperatsiyasi istiqboli

Ayni payt O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida 238 korxona, Ozarbayjonda O‘zbekiston kapitali ishtirokida 53 kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda.

Manfaatli hamkorlik: O‘zbekiston — Ozarbayjon sanoat kooperatsiyasi istiqboli

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi muhim voqea bo‘lib, O‘zbekiston - Ozarbayjon  o‘rtasidagi ko‘p qirrali, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishning yangi bosqichini boshlab berdi.

 

Shu bilan birga sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish sheriklik poydevoriga aylanishi kerak.

 

Bugungi kunda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda  qo‘shma korxonalar va loyihalar soni to‘rt barobar ko‘paygan. Ayni payt O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida 238 korxona, Ozarbayjonda O‘zbekiston kapitali ishtirokida 53 kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilning 17 sentyabrida Hajigabul shahrida «UzAuto Motors» AJ va “SamAuto” zavodining yig‘ish chizig‘i ishga tushirilishini muvaffaqiyatli qo‘shma loyiha sifatida ko‘rsatish mumkin. O‘zbekiston ipak xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda ekanini hisobga olganda,  Ozarbayjonda ipak ishlab chiqarish klasterini tashkil qilish rejasi ham ayni muddao.

 

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, saʼy-harakatlarni birlashtirish va yangi yuksalish nuqtalarini belgilash orqali ikki mamlakat iqtisodiyotini to‘ldirib turuvchi ulkan salohiyatdan foydalanishga intilish O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi asosini tashkil etadi.

 

Mamlakatimizda sanoatni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda olib borilgan institutsional islohotlar hamda real sektor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari samarasi o‘laroq, bu borada salmoqli natijalarga erishildi. 2016 yil sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi 20,6 foiz edi, 2021 yilga kelib bu ko‘rsatkich 28,5 foizga yetdi.

 

Yaqin aloqani kengaytirishdan manfaatdorlik Ozarbayjon sanoat sektorini jadal rivojlantirish bilan belgilanadi. Xususan, 2021 yil neft-gaz sektorida YAIM 1,8 foiz, noneft sektorida esa 7,2 foiz oshgan. Ozarbayjon YAIMda sanoatning ulushi, qariyb, 50 foiz.

 

Ikki davlat hukumatlarining sanoat sohasidagi Hamkorlik bitimida neft-gaz, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va zargarlik sohalari ustuvor etib belgilandi. Mashinasozlik, elektr texnikasi, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish va agrosanoat tarmoqlarida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

 

Tashrif arafasida o‘tkazilgan biznes-forumda tomonlarning ko‘p qirrali hamkorlikni  yana-da kengaytirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish tarafdori ekani bildirildi. Neft-kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik, avtomobilsozlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaati sheriklikni  yana-da rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Ishbilarmonlik tadbirlari yakunida qiymati, qariyb, 500 million dollarlik yangi investitsiyaviy va savdo kelishuvlari imzolandi.

 

Mamlakatlarimizda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqish va ilgari surish maqsadida qo‘shma Investitsiya fondini tashkil etishga kelishib olingani alohida eʼtiborga molik.

 

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishda ikki mamlakat  erkin iqtisodiyot zonalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday hududlar salohiyatidan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon ishlab chiqaruvchilariga ikki davlat transport-logistika imkoniyatini hisobga olgan holda, qo‘shimcha qiymatning yangi zanjirlarini  yaratish hamda uchinchi mamlakatlar bozoriga birga chiqish imkonini beradi. 

 

Sanoat kooperatsiyasini kengaytirishda viloyatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish ijobiy o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan davlatimiz rahbarining joriy yil birinchi Hududlar forumi va hududlar sanoat salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazish taklifi ijobiy o‘zgarish salmog‘ini yana-da oshiradi.

 

Harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Bitimda ikki mamlakat mudofaa-sanoat majmuasining ikki maqsadli mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini faollashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu umumiy isteʼmol bozorini talab yuqori bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirish imkonini beradi. 

 

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi mamlakatlar o‘rtasida ishchi kuchlari  harakatlanishiga, sanoat obyektlarida munosib mehnat sharoiti yaratishga xizmat qiladi.

 

Umuman, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash  yangi ish o‘rinlari tashkil etish va ikki mamlakat aholisi daromadini oshirishda samarali mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

 

O‘tkir Siddiqov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

bosh ilmiy xodimi

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Manfaatli hamkorlik: O‘zbekiston — Ozarbayjon sanoat kooperatsiyasi istiqboli