O'zbekiston

"Hududiy elektr tarmoqlari" 15,2 mln so‘mga bir dona shaxmat sotib oldi

Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" maʼlumot berdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" 15,2 mln so‘mga bir dona shaxmat sotib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ 15 mln 200 ming so‘mga bir dona yong‘oqdan ishlangan shaxmat xarid qilgan, shuningdek, 25 mln 700 ming so‘mga bir dona “kartina” va 17 mln 300 ming so‘mga bir dona “panno” sotib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" maʼlumot berdi.

Bayonotda aytilishicha, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan xorijiy ekspertlar ishtirokida qator xalqaro ilmiy-texnik anjumanlar, nufuzli mehmonlar tashrifi doirasida tegishli bayonnoma asosida tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Maʼlum qilinishicha, mazkur tadbirlar qatnashchilari, nufuzli mehmon va xorij ekspertlariga tarqatma materiallari va esdalik sovg‘alari taqdim etilishi belgilangan.

"Keltirib o‘tilgan buyumlar E-xarid maxsus elektron portali orqali sotib olinib, energetika tarmog‘iga oid xalqaro shartnomalarni imzolash tadbirlarida nufuzli mehmonlarga sovg‘a sifatida topshirilgan", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, jamiyat tomonidan bu kabi esdalik sovg‘alarni tanlashda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga birlamchi yondashiladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.