The Conversation: Ko‘p suv ichish ozishga yordam bermaydi
Olimlarning fikricha, vazn yo‘qotish uchun suvning o‘zi yetarli emas.

Odamlar orasida ko‘p miqdorda suv ichish vazn yo‘qotishga yordam beradi, degan fikr keng tarqalgan. Bu fikr suv kaloriyalarni yoqib yuboradi va ishtahani kamaytiradi degan taxminga asoslanadi. Biroq Aston universiteti mutaxassislari bu afsonani rad etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Olimlarning taʼkidlashicha, 14 kishi ishtirok etgan kichik bir tadqiqot quyidagilarni ko‘rsatdi: 500 ml suv ichish dam olishda energiya sarfini taxminan 24 foizga oshiradi. Bu yoqimli tuyulishi mumkin, ammo taʼsir faqat bir soat davom etdi. 70 kilo vaznga ega odam yo‘qolgan kaloriyani chorakta pishiriq (pechenye) isteʼmol qilib, tezda tiklab olishi mumkin.
Boshqa bir tadqiqotda, energiya isteʼmoli faqat suv sovuq bo‘lganda 4% ga oshgan. Olimlarning fikricha, vazn yo‘qotish uchun suvning o‘zi yetarli emas. Suv suyuqlik bo‘lgani uchun u oshqozondan tez chiqadi, mashhur “eʼtiqod”ga qaramay, u qorinni to‘ldirmaydi.







