O'zbekiston

Endi o‘zbek–qirg‘iz chegarasidan ID-karta bilan o‘tish mumkin

Ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi.

Endi o‘zbek–qirg‘iz chegarasidan ID-karta bilan o‘tish mumkin

25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma kuchga kirdi.

 

Unga ko‘ra, ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi. Jumladan, 1 sentyabrdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda bo‘lib turishlari mumkin.

 

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi chegarasida joylashgan “O‘zbekiston” (Quvasoy shahrida), “Farg‘ona” (Farg‘ona tumanida), «Rishton» va “So‘x” chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan ikki davlat fuqarolarini ID-karta orqali rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishning yagona soddalashtirilgan tartibi amaliyotga joriy etildi. 

custom img

Prezident Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan stadioniga tashrif buyurdi

Rekonstruksiya natijasida «Turon» stadioni sig‘imi 9,3 mingdan 12 ming o‘ringa yetkazildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tun-u kun ishlaydigan ko‘chada bo‘ldi

Ko‘chalarni obodonlashtirishga 2,2 milliard so‘m ajratilgan.

custom img

Prezident Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi

Mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning «Pearson BTEC» xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.

custom img

Prezident Nukusdagi gazoblok ishlab chiqaradigan korxona faoliyati bilan tanishdi

«Coals KS» korxonasi yiliga 300 ming kub metr gazoblok va 165 ming tonna ohak ishlab chiqarish quvvatiga ega.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Nukusda mahalliy bazaltdan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

custom img

Qoraqalpogʻistonda 7,6 milliard dollarlik loyihalar ishga tushirildi va yangi quvvatlar qurilishiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi.

custom img

Ovqatdan zaharlanish gumoni: Farg‘onada 31 kishi shifoxonaga yotqizildi

Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va bemorlardan tegishli namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlariga yuborilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi tibbiyot akademiyasi bilan tanishdi

Orolbo‘yida tibbiyot kadrlari malakasini oshirish uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"