Jahon

Sog‘lom va baxtli hayot siri nimada?

Olimlar bu bo‘yicha o‘z tavsiyalarini eʼlon qildi.

Sog‘lom va baxtli hayot siri nimada?

Olimlar 70 foiz hollarda o‘lim noto‘g‘ri hayot tarzi bilan bog‘liqligini aytishmoqda. Salomatligingizni mustahkamlab, umringizni uzaytirishga quyidagi tavsiyalar yordam berishi mumkin.

 

1. Vaqti-vaqti bilan och qolish organizmga foydali

 

Janubiy Kaliforniya universiteti olimlarining tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, 2-4 kunga ovqatdan voz kechish immun tizimini yangilaydi. Tajriba davomida ishtirokchilar har yarim yilda bir necha kun och qolishdi. Ovqat yeyilmagan kunlarda organizm glyukoza, yog‘ va ketonlarni o‘z zaxirasidan ishlatishni boshlagan, shuningdek, ko‘proq leykotsit parchalashni boshlagan. Ularning yo‘qolishi immun tizimi hujayralarining yangilanishiga olib kelgan. Uzoq vaqt och qolish qarilikka sabab bo‘luvchi gormonlarni kamaytirib, o‘simtalar, jumladan, saraton paydo bo‘lishi va rivojlanishini sekinlashtiradi.

 

Ammo, kamvaznlik, sil, o‘simtalar, yurak ritmining buzilishi, oshqozon yarasi kasalliklari, jigar sirrozida ochlik zararli bo‘lishini ham unutmaslik kerak.

 

2. Uxlayotganda kuchsiz yorug‘lik ham depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin

 

Nara tibbiyot universiteti olimlari 2 yil davomida 860 dan ortiq keksalarning uyqusini kuzatishdi. Tajriba boshida ular depressiyada bo‘lmagan. To‘liq qorong‘ilikda uxlamaganlarda keyinchalik vahima va stress alomatlari kuzatilgan. Professor Kendzi Obayasining so‘zlariga ko‘ra, kuchsiz nur ichki biologik soatlar faoliyatini buzib, qorong‘ilikda ishlab chiqariladigan melotonin gormoni beziga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bu inson ruhiyatini buzib, depressiyaga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar barcha gadjetlarni o‘chirib uxlashni tavsiya qilishadi.

 

3. Veyping pnevmoniyaga chalinish ehtimolini oshiradi

 

Londonning qirolicha Mariya universiteti olimlari sichqonlar va odamlar ustida tajriba o‘tkazib, Veyping ishqibozlari pnevmoniyaga tez-tez chalinishini aniqlashdi. Gap shundaki, elektron sigaret bug‘i o‘pkani zararlovchi bakteriyalarning hujaraylarga yopishishini taʼminlaydi. Yetakchi tadqiqotchi Djonatan Grig buni shunday izohlaydi: “Pnevmokok bakteriyalar nafas yo‘llarida kasallik chaqirmay ham mavjud bo‘lishi mumkin. Ammo ayrim hollarda, masalan, veypingda ular hujayra qobig‘idan yengil singib, pnevmaniya chaqiradi”.

 

4. Optimistlar yurak kasalliklariga kamroq chalinadi

 

Amerikaning Dyuka universiteti olimlari stenokardiya bilan og‘rigan 2 400 dan ortiq bemorlarning anketasini tahlil qilib qiziq xulosaga kelishdi. Hayotga pozitiv qaraydiganlar orasida pessimistlarga nisbatan statsionar davolanish 30-40 foizga kamroq kuzatiladi. Gap shundaki, pozitiv kayfiyat adrenalin va kortizol, yaʼni vahima va stress gormonlarini pasaytiradi. Ular qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, yurak-qon tomir kasalliklari va infarktga olib keladi.

 

5. Baxtli hayot siri – internetdan kundalik foydalanishda

Oslo universiteti qoshidagi texnologik  innovatsiyalar va madaniyat markazi olimlari 100 000 dan ortiq yevropaliklar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, baxtli bo‘lish uchun har kuni internetdan foydalanish kerak, degan xulosaga kelishdi. Gap internetda qancha vaqt ketkazishda emas, tarmoqda nimalarni ko‘rayotganingizda. Mutaxassislar bu yo‘l bilan o‘rta yosh inqirozidan ham tezroq chiqib ketish mumkinligini taʼkidlashdi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Sog‘lom va baxtli hayot siri nimada? | Zamon.uz