Inson salomatligiga zarar yetkazuvchi odatlar
Bu maqoladan keyin kundalik odatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz aniq.

1. Idishlarni darhol yuvmaslik. Oshxona rakovinasi – ichak tayoqchalari, salmonella va stafilokok kabi bakteriyalar uchun ideal joy. Oshqozon-ichak kasalliklaridan himoyalanish uchun rakovinada nafaqat idishlar, balki oziq-ovqat mahsulotlarining ham qolib ketishining oldini oling.
2. Qo‘llarni issiq suvda yuvish. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, suv harorati mikroblarni yo‘q qilishga taʼsir qilmas ekan. Bu yerda qo‘limizni yuvish davomiyligi muhim: 5 soniyada siz deyarli hech narsani yo‘q qila olmaysiz, 30 soniyada esa qo‘lingizdagi barcha mikroblarni o‘ldirasiz. Qo‘lni issiq suvda tez-tez yuvish terining himoya funksiyasini pasaytiradi, bu esa dermatitga olib kelishi mumkin.
3. Makiyaj bilan mashq qilish. Baʼzan ofisdan chiqib mashg‘ulotlarga shoshganimiz sababli makiyajimizni yuvib tashlashga ham vaqt ajratolmaymiz. Shug‘ullanayotganimizda teri nafas oladi va tozalanadi, kosmetika esa toshmalarga sabab buladi. Mashg‘ulotlardan oldin makiyajingizni arting.
4. Qo‘l quritkichidan foydalanish. “Qo‘l quritkichga tegmayman, demak bakteriyalardan xoli bo‘laman” degan o‘y yolg‘ondan boshqa narsa emas. Aslida elektr quritkichlar bakteriyalar yig‘ilishi uchun ajoyib joy, buning ustiga, havo oqimi ularning tarqalishini osonlashtiradi. Qog‘oz sochiqlar qo‘l quritkichdan ancha samarali.
5. Oziq-ovqat paketlarini takror ishlatish. Bir marta ishlatilgan oziq-ovqat paketlari 99.9 foiz hollarda bakteriyalar o‘chog‘iga aylanadi. U esa o‘z navbatida boshqa mahsulotlarga ham tarqaladi. Yechim: har safar yuvish kerak bo‘lgan xo‘jalik sumkalari.







