O'zbekiston

Prezident maslahatchisi uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda

G‘ofurjon Mirzayev Andijondagi taʼlim, suv, mehnat muhojirlari bilan bog‘liq muammolarga eʼtibor qaratdi.

Prezident maslahatchisi uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganmoqda

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan olib borilayotgan “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamdagi amaliy ishlar Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Qutluq” MFYda ham jadal suratlarda boshlab yuborildi.

 

Aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan holda uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bormoqda.

 

 

Xususan, mahalladagi 43-sonli umumtaʼlim maktabi holati ko‘zdan kechirildi. Qayta taʼmirdan so‘ng foydalanishga topishirilishi rejalashtirilgan mazkur o‘quv dargohida boshlangan ish jarayoni, kelgusida amalga oshiriladigan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

 

Shuningdek, mahalla yig‘ini infratuzilmasi, aholining toifalari bo‘yicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

 

Prezident maslahatchisi maktab  faoliyati, o‘qituvchilarning saviyasi,  ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi. Chunki ushbu o‘quv dargohidan oliy taʼlimga o‘qishga kirgan o‘quvchilarning soni oz ekanini bevosita muallimlar bilimiga, tajribasiga bog‘liq bo‘lishiga eʼtibor qaratdi.

 

 

U aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish, ayniqsa, obodonchilik ishlariga alohida yondashuv kerakligini taʼkidladi. Davlat xalq manfaati uchun amaliy ishlarni qiladi, ammo  ayrim mahallalarda  baʼzi bir fuqarolarning “davlat, hokimiyat qilib beradi” degan boqimanda kayfiyati hamon borligi, mana shu odat tusiga kirib qolgan illatga o‘rganib qolish  holatlari  hamon  yashovchanligini aytib o‘tdi.

 

Obodlikka har bir xonadon egasi o‘zi, ota-onalar, xonadon kattalari, avvalo, farzandlarini o‘rgatishi kerak, ko‘nikma hosil qilsin. Birga yashayotgan oila, xonadan aʼzolari yashash joylarini, birinchi navbatda, maishiy nuqtalarni ozoda va pokiza saqlashga, mavjud tomorqalardan unumli foydalanishga odatlanishi, erishishi shart.

 

"Sizlarning yerlaringiz  tilloga teng. Sirdaryoning yerlariga o‘xshagan sho‘rmas", — dedi  G‘ofurjon Mirzayev.

 

Ayniqsa, tomorqa xo‘jaliklari oilaga qo‘r, qo‘shimcha daromad keltiradigan manbasi, ulardan samarali foydalanishni qatʼiy yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi.

 

Mahalla hududidagi 195 nafar mehnat migrantlarini qaytarish choralarini tezlashtirish kerak, hududdagi tikuvchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar ishini takomillashtirish, aholi maʼlumotlarini raqamlashtirish va maʼlumotlar bazasini yaratish borasidagi ishlar, mahalla “beshligi”ni kuchaytirish  maqsadga  muvofiqdir.

 

Qabristonlarni  obod  saqlash,  kuz va qishki ariq tozalash ishlarini boshlash zarurligini taʼkidladi, mahalla ko‘chalari va suv yo‘llari ahvoli bilan qiziqdi.

 

 

“Qutlug‘” mahalla fuqarolar yig‘ini Navo ko‘chasidagi maktab hovlisida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va suhbatda Prezident maslahatchisi viloyat va tuman hokimligi, viloyat va tuman prokuratura, ichki ishlar, taʼlim tizimi mutasaddi rahbarlari, Respublika ishchi guruhi aʼzolari bilan yuqoridagi kabi o‘nlab  dolzarb  mavzularda  so‘z  yuritdi. Mahalla oqsoqollari va aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazdi.

 

"Ushbu dastur ijrosi bilan katta amaliy ishlar qilinadi. Respublika ishchi guruhi shug‘ullanmoqda. Biz viloyat bo‘yicha ushbu dasturga tushgan hududlarda tashkil etilayotgan amaliy ishlarni o‘rganib borish bilan birga yordam ham  beramiz", — deydi ishchi guruh aʼzosi Yangiboy Mahammadiyev.

 

Tuman hokimi Hikmatillo Latipov ham dasturga tushgan hudud aholi vakillari bilan shu joyda uchrashdi.

 

"Suv muammosi bor edi. Kelgusida suv sig‘imi katta bo‘lgan yangi suvxona qo‘yiladi. Shu hudud sektor rahbari, viloyat prokurori ham kelib, “nima qilsak suv yaxshi bo‘ladi” deb savol berdi. Nasos yangilanadi. Tumanga olinadigan  17 ta suv nasosning bittasi shu yerga qo‘yiladi. Bu yerdagi kichik  transformator 100 likka almashtiriladi. Endi masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Qars  ikki qo‘ldan chiqadi. Sizlar yashayotgan ko‘chalarda shuncha amaliy ishlar bo‘lyapti, lekin aholining bunga javobi qanday? Ular o‘zlari yashab turgan hovli joylarga, obodonchilik ishlariga, yaxshi, ozoda turmush madaniyatiga erishish borasidagi ishlarga qanday hissa qo‘shyapti, bunga munosabati va ishtiroki qanday bo‘lyapti?", — degan savollarni ko‘ndalang qo‘ydi tuman rahbari. 

 

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Madaniyat sohasi vakillariga uy-joy uchun subsidiya: nizom tasdiqlandi

Buning uchun talabgorlar kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi va boshqa mezonlarga javob berishi kerak.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.