Toshkent shahar sudi binosiga bomba o'rnatildimi?
Holatga rasmiy izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar sudi binosiga bomba o'rnatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga izoh berdi.
Ma’lum qilishicha, poytaxtda joylashgan ayrim sud binolarida Toshkent shahar sudi, IIBB, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek strategik ob’yektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida rejali ravishda amalga oshirilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda", - deyiladi xabarda.







