O'zbekiston

Respublika ishchi guruhi endi Sirdaryoda

Xovos tumanidagi Oqchangal, Guliston tumanidagi Inoqlik, Sayxunobod tumanidagi Yangi hayot hamda Oqoltin tumanidagi Mustaqillik mahallalari og‘ir hudud sifatida belgilab olingan.

Respublika ishchi guruhi endi Sirdaryoda

 

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Sirdaryo viloyatida ham “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

 

Dasturga muvofiq Xovos tumanidagi Oqchangal, Guliston tumanidagi Inoqlik, Sayxunobod tumanidagi Yangi hayot hamda Oqoltin tumanidagi Mustaqillik mahallalari og‘ir hudud sifatida belgilab olingan.

 

Ushbu hududlar aholisini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bordi.

 

 

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida qator ijobiy ishlar qilindi. Jumladan, mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida 19 kilometrdan ziyod ichki yo‘llarga asfalt yotqiziladi. Ayni vaqtgacha 345 ta eski yog‘och elektr ustunlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 7 kilometrga yaqin yangi elektr sim tarmoqlari tortildi, 7 dona yangi transformator o‘rnatildi.

 

 

Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 kilometr gaz tarmog‘i qurilib, 900 metr quvurlar joriy ta’mirlandi. Fuqarolar murojaati asosida hududlarga 600 ga yaqin qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Obod ko‘cha mezoni bo‘yicha bugungi kunda ushbu mahallalardagi 31 ta ko‘chalarda obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilib, buning uchun 550 nafar ishchi va 75 ta texnika jalb etildi. Hududlardagi barcha qabristonlarda ham obodonlashtirish, mavjud daraxtlarga shakl berib, devorlarni oqlash ishlari olib borilmoqda. Og‘ir sharoitda yashayotgan 22 oila xonadoni to‘liq ta’mirlanib, hovlisi obodonlashtirilib berildi.

 

 

Bundan tashqari, qish mavsumi oldidan mingdan ziyod xonadonda texnika xavfsizligi talablariga amal qilinishi, isitish pechkalari (ko‘mir, o‘tin va suyultirilgan gazga moslashtirilgan pech va plitalar)ni mavsumga tayyorgarlik holati to‘liq o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

 

Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida 2 ming nafarga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada viloyat va tuman sog‘liqni saqlash muassasalarida davolanishga ehtiyoji bor 69 nafar fuqaroga davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi.

 

 

Oqoltin tumani Mustaqillik mahallalaridagi 16 ta ko‘p qavatli uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklari ta’mirlanib, 8 tasini tom qismi almashtirilmoqda. Shuningdek, mazkur ko‘p qavatli uylar olida 5 ta yangi bolalar maydonchasi va 1 ta "Workout" maydonchasi qurib beriladi.

 

Xovos tumani Oqchangal va Guliston tumani Inoqlik mahallalari uchun yangi bino qurilib, qolgan 2 ta mahalla binosi rekonstruksiya qilinadi. Oqchangal, Inoqlik, Yangi hayot va Mustaqillik mahallalaridagi 6 ta maktab, 3 oilaviy poliklinika joriy ta’mirlanadi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.