O'zbekiston

Jaloliddin Rumiyning O‘zbekistonda saqlanayotgan asarlari YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi

YUNESKO ishlari bo‘yicha Turkiya Milliy komissiyasi 2017 yilda shunday tashabbus bilan chiqqan.

Jaloliddin Rumiyning O‘zbekistonda saqlanayotgan asarlari YUNESKO ro‘yxatiga kiritildi

 

O‘zbekistondagi Jaloliddin Rumiy asarlari kulliyoti YUNESKOning Jahon xotirasi xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. 

 

Sharqshunoslik instituti Tarixiy hujjatlarni tadqiq qilish bo‘limi boshlig‘i Sanjar G‘ulomov xabar berishicha, jahon adabiyotining buyuk siymolaridan biri ulug‘ mutafakkir Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) asarlari kulliyotining YUNESKOning Jahon xotirasi xalqaro ro‘yxatiga kiritilishi dunyo miqyosida katta bir voqea bo‘ldi.

 

“Mavlono asarlari nafaqat yuksak badiiyligi, balki ularga singdirilgan kuchli hayot falsafasi bilan ommani o‘ziga rom etib kelgan. Uning “Fihi mo fihiy” ("Ichingdagi ichingdadir"), “Mavoizi majolisi sabʼa” ("Yetti majlis mavʼizalari") va “Maktublar”i mana yaratilganiga yetti asrdan ortiq vaqt o‘tganiga qaramay, ularga bo‘lgan qiziqish ortsa ortdiki, lekin aslo susaymadi”, — dedi u.

 

Mutaxassisning aytishicha, Jaloliddin Rumiyning asarlari Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanishda davom etadi. Faqat endilikda bu YUNESKO tashkiloti homiyligida amalga oshiriladi.

 

2017 yilda YUNESKO ishlari bo‘yicha Turkiya Milliy komissiyasi bir tashabbus bilan chiqib, qaysi davlatlar fondlarida Rumiy asarlari mavjud bo‘lsa, shu davlatlar hamkorlikda mazkur allomaning asarlarini YUNESKOga taqdim etish g‘oyasini ilgari surgan.

 

“Bu masalada juda ko‘p xalqaro yig‘ilishlar o‘tkazdik. Hatto menda avval boshda "Ha, bizning xazina 2000 yildayoq Jahon xotirasi xalqaro ro‘yxatiga to‘laligicha kiritilgan bo‘lsa, institutimiz yana alohida bir necha nusxani taqdim etishi shartmas-ku", degan savol ham bor edi. Lekin bu yerda boshqa masala bor. Birinchidan, qo‘lyozmasi boru, ammo maʼlum sabab bilan YUNESKO ro‘yxatiga kirmagan fondlar ham bor. Bunaqa fondlar, albatta, YUNESKO ro‘yxatiga kirishdan juda manfaatdor”, — deya qo‘shimcha qildi G‘ulomov.

 

Uning qayd etishicha, ikkinchi masala juda jiddiy. Bu ham bo‘lsa, ilm-maʼrifat va madaniyat-maʼnaviyat yo‘lida davlatlarning birlasha olishi va bir yoqadan bosh chiqarib, bir allomaning ijodiga eʼtibor ko‘rsatilishi qabilida qabul qilinishi kerak.

 

Sanjar G‘ulomovning aytishicha, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti rahbariyatiga institut fondidagi Rumiy asarlari kulliyoti YUNESKOning Jahon xotirasi xalqaro reyestriga qayd etilganini tasdiqlovchi sertifikat ham berilgan.

 

“Mavlono Rumiy asarlarini saqlash yoki ilmiy restavratsiya masalalalarida albatta YUNESKO birinchi yordamini ko‘rsatadi va bu shunisi bilan ahamiyatli”, — dedi mutaxassis.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"