Toshkentda bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi
Bu haqda “Toshshahartransxizmat” ma’lum qildi.

Toshkentda bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Bepul avtobus harakati yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
“3M-sonli "Xalqaro aeroport" bekatini ko‘prik yo‘li orqali "Yakkasaroy TIIB" bekati bilan bog‘lovchi 2 ta mikroavtobuslar harakatlanuvchi vaqtinchalik bepul yo‘nalish tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.







