Jahon

Xanter Bayden ayblovlarni tan olmadi

Delaver sudi unga qurol bilan bog'liq ayblov qo'ygan.

Xanter Bayden ayblovlarni tan olmadi

 

Uilmingtonda Amerika yetakchisining o‘g‘li ishi bo‘yicha dastlabki eshituvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Ayblovlar sudya tomonidan o'qib chiqilgandan so'ng, kichik Bayden o'qotar qurollarni sotib olish va saqlash bilan bog'liq uchta moddani buzganlikda aybdor emasligini aytdi.

 

Taxminan 30 daqiqa davom etgan sud majlisi sudgacha ozodlik shartlari e'lon qilinishi bilan yakunlandi. U qurol bilan o'zaro aloqada bo'lmasligi, spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarni iste'mol qilmasligi kerak. Shuningdek, kichik Bayden shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish ofitserining nazorati ostida bo'lishi, mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi va hokimiyatning birinchi iltimosiga binoan giyohvand moddalarni tekshirish yoki davolanishga tayyor bo'lishi kerak.

 

Tergovchilarning taxminiga ko‘ra, 2018-yilda Xanter to‘pponcha sotib olayotganda noto‘g‘ri ma’lumot berib, giyohvand moddalarni iste’mol qilganini rad etgan. Garchi odatda birinchi marta jinoyat sodir etganlarga qamoq jazosi tayinlanmasa-da, uni 750 ming dollar jarima va 25 yil qamoq jazosi kutmoqda. 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Xanter Bayden ayblovlarni tan olmadi | Zamon.uz