Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
Bunga o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘lmoqda.

Indoneziyaning Sumatra orolida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.
U yerda 300 dan ortiq alanga o‘choqlari aniqlangan. Orol qalin tutun bilan qoplangan, shu sababli aholi uzoqdan ishlashga majbur. Talabalar ham onlayn o‘qishmoqda.
Hukumatning taʼkidlashicha, 1,5 milliondan ortiq indoneziyaliklar havo sifati yomonligidan aziyat chekmoqda. Yilning shu davrida Indoneziyada o‘rmon yong‘inlari asosiy muammo hisoblanadi, ammo iqlim o‘zgarishi vaziyatni yomonlashtirmoqda.







