Jahon

Turkiyada barqarorligi tasdiqlangan va sertifikatga ega turar joy binolari soni 6000 dan oshdi

Mamlakatdagi turar joy obyektlarini baholash tizimi to'rtta asosiy toifada amalga oshirilmoqda.

Turkiyada barqarorligi tasdiqlangan va sertifikatga ega turar joy binolari soni 6000 dan oshdi

 

Turkiyada azaldan qarag‘ay va kedr o‘rmonlari, mayin qumli sohillar, tiniq feruza tusli dengizlar va jozibakor tarixiy-madaniy meroslar mavjud. Shunga qaramay, “Milliy Barqaror Turizm Dasturi”ga qo'shilishi ortidan u barqaror dam olish uchun dunyodagi eng asosiy yo'nalishlardan biriga aylandi. Ekologik va madaniy boyliklarga ega bo'lgan Turkiya barqarorlik tamoyillariga qat'iy rioya qiladigan turar joylari va ko'plab eko-turizm imkoniyatlarini taklif qilish bilan ajralib turadi. 30 sentabr holatiga ko'ra, Turkiyada barqarorlik doirasida, ayniqsa Antaliya, Istanbul va Mug'la viloyatlarida 6156 ta tasdiqlangan/sertifikatlangan obyekt mavjud. Barqarorlik sertifikatiga ega obyektlar soni tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan bo'lsa-da, Turkiya turizmida ekologik jihatdan xavfsiz tuzilmalar va barqaror amaliyotlardan foydalangan holda zararli gazlar oqimini kamaytirishga qaratilgan umumiy sa'y-harakatlar ham ortib bormoqda. Ushbu umummilliy tashabbus mahalliy madaniyat va iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlagan holda mehmonlarga mazmunli va unutilmas dam olishni ta'minlaydi.

           

Turkiya "Dunyoda GSTC bilan Protokol imzolagan birinchi davlat" bo'ldi.

            

Turizm sohasida barqaror o'zgarishlarni amalga oshirish uchun Turkiya o'tgan yili sayohat va turizm uchun global standartlarni belgilovchi va boshqaruvchi Global Barqaror Turizm Kengashi (GSTC) bilan milliy dastur ishlab chiqish uchun hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bundan tashqari Turkiya hukumat darajasida ushbu shartnomani imzolagan “Dunyodagi birinchi davlat” bo'ldi. Turkiya turizm sektorini qayta qurish bo'yicha uch yillik rejasiga muvofiq Milliy Barqaror Turizm Dasturini ham ishlab chiqdi. Dastur bilan Turkiya barqarorlik tamoyillarini destinatsiyalar, turoperatorlar va turar joylarni qamrab olgan barcha turizm rasmiylariga barqarorlik tamoyillarini kiritadi. Barqaror turizm dasturining asosiy maqsadi turar joy obyektlarining global miqyosda qabul qilingan va 42 ta mezondan iborat bo'lgan Barqaror turizm sertifikatini olishini ta'minlashdan iborat. Bu jarayonda turar joy obyekti har yili takrorlanadigan sertifikatlash uchun mustaqil baholashdan o'tkaziladi. Ushbu loyihaga e’tiborning ortishi bilan Turkiyada barqarorlik tasdiqlangan/sertifikatlangan obyektlar soni ham sezilarli o'sib bormoqda. Turkiya Milliy Barqaror Turizm dasturining rejasiga ko’ra, 2030 yilga qadar barcha obyektlar “Barqaror turizm sertifikati”ga ega bo’lishi kerak.

          

 Mas'uliyatli mehmondo'stlik

          

Turkiyaning Milliy Barqaror Turizm Dasturi madaniy meros, biologik xilma-xillik, ekotizimlar va tabiiy boyliklarni saqlashda mahalliy aholi uchun ijtimoiy va iqtisodiy foydani maksimal darajaga oshirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, dastur sayyohlikning har jihatdan ekologik tozaligini ta'minlash orqali ifloslanishni kamaytirish va resurslarni himoya qilishga qaratilgan. Dastur orqali barqarorlik sertifikatini olgan turar joy binolari mehmonlarga dunyo miqyosidagi barqaror turar joy tajribasini taklif etadi, shu bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi. Ekologik toza amaliyotlar bilan tashrif buyuruvchilar diqqat-e’tiborini oshiradigan obyektlar mahalliy hamjamiyatga ham foyda keltiradi. Bunday amaliyotlarni adolatli, mas'uliyatli, inklyuziv va diqqatli tarzda amalga oshirish, mahalliy xalqlar va jamoalarning o'ziga xos qadriyatlari hamda madaniyatini qo'llab-quvvatlash bilan cheklanib qolmay, ularni saqlab qolishga ham yordam beradi.

           

Turkiyadagi turar joy obyektlarini baholash tizimi to'rtta asosiy toifada amalga oshiriladi: "Barqaror boshqaruv", "Madaniy ta'sirlar", "Ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirlar" va "Atrof-muhitga ta'sirlar". Obyektning barqarorlik sertifikatiga erishish yo'lidagi ilk qadami samarali va barqaror boshqaruvni namoyish etishdan iborat.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"