Jahon

Dunyodagi eng kuchli universitetlar reytingi ma’lum qilindi

Mutaxassislar Xitoy universitetlarining jadal rivojlanishini qayd etmoqda.

Dunyodagi eng kuchli universitetlar reytingi ma’lum qilindi

 

Times Higher Education (THE) tomonidan 2024 yil uchun jahon universitetlari reytingi e’lon qilindi. Mutaxassislar Xitoy universitetlarining jadal rivojlanishini qayd etmoqda.

 

Yaqinda taqdim etilgan etilgan THE World University Rankings-2024 ma’lumotlariga ko‘ra, Oksford universiteti sakkiz yildan buyon dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

 

Birinchi o‘ntalikda Garvard (4-o‘rin) va Kembrij (5-o‘rin) hali ham jadvalning yuqori qismida joylashgan.

 

Biroq kuchli beshtalik o‘rinlari biroz o‘zgardi, Stenford 2023-yildagi uchinchi o‘rindan bu yilgi reytingda ikkinchi o‘ringa, Massachuset Texnologiya instituti 2023-yildagi beshinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

 

Joriy yilda AQSH va Buyuk Britaniya hamda Yevropa universitetlari pozisiyalarida sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Ayni paytda Osiyodagi universitetlar, ayniqsa, Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari o‘sishda davom etmoqda.

 

Sinxua (12) va Pekin (14) universitetlari reytingda Pensilvaniya, Jon Xopkins va Kolumbiya universitetlarini ortda qoldirdi.

 

Yaponiyaning Tokio universiteti Osiyoning o‘sib borayotgan akademik ta’siri tendensiyasini davom ettirib, Edinburg universiteti, London Kings kolleji va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar akademiyasini ortda qoldirib, 10 pog‘ona yuqoriladi va 29-o‘ringa ko‘tarildi.

 

Olti yillik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, AQSH universitetlarining o‘rtacha reytingi 2019 yilgiga qaraganda 296-o‘rindan so‘nggi tasnifda 348-o‘ringa tushib ketgan. Buyuk Britaniyaning o‘rtacha reytingi ham seziralri darajada – 451 dan 477 gacha pasaygani kuzatilgan.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.