Jahon

Luvr muzeyi yopildi

Parijliklar nimani xohlamoqda?

Luvr muzeyi yopildi

 

Parijdagi Luvr muzeyi ayrim xodimlarining umummilliy ish tashlashda ishtirok etishi sababli vaqtinchalik yopildi. Bu haqda muassasaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida eʼlon qilindi.

 

“Luvr muzeyi, afsuski, muzey xodimlarining bir qismi ish tashlashga qo‘shilgani sababli bugun tashrif buyuruvchilar uchun ochilmaydi”, — deyiladi bayonotda.

 

Luvr - Fransiya poytaxtidagi eng katta va eng mashhur muzey. 2022 yilda unga 7,8 million kishi tashrif buyurdi, ularning aksariyati xorijiy sayyohlar.

 

Shu kunlarda Fransiya bo‘ylab ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat kasaba uyushmalari ish haqi, pensiyalarni oshirish, ayollar va erkaklarning teng mehnat huquqlarini kafolatlash shiorlari ostida keng ko‘lamli ish tashlashni boshladilar.

 

Butun mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin namoyishlar o‘tkazilishi kutilmoqda, ularda 125 mingdan 150 minggacha odam qatnashishi mumkin.

 

Eng yirik norozilik namoyishlari Parijda rejalashtirilgan, u yerda 15 minggacha ishtirokchi aksiyaga qo‘shilishi kutilmoqda.

 

Ish tashlash Parij transportiga taʼsir qiladi, xususan, shaharlararo qatnovchi poyezdlar harakatiga. Bundan tashqari, poytaxt aeroportlarida rejalashtirilgan ayrim reyslar bekor qilingan.

 

Tibbiyot xodimlarining kasaba uyushmalari ham tariflarni oshirishni talab qildi. Ular shifokorlarni juma kuni o‘z kabinetlarini yopishga va (bemorlarning hayotiga tahdid soladigan shoshilinch holatlar bundan mustasno) barcha operatsiyalarni boshqa kunlarga qayta rejalashtirishga chaqirishdi.

 

Hukumat prognozlariga ko‘ra, Fransiyada yil davomida inflyatsiya 5,8 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, oziq-ovqat narxlari umumiy ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

 

O‘z navbatida, energiya narxining oshishi yashash narxining rekord darajada ko‘tarilishiga olib keldi. Xarajatlar deyarli 6,5 foizga o‘sdi, bu 19 yillik eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Luvr muzeyi yopildi | Zamon.uz