Jahon

Sunʼiy ong epidemiya ssenariylarini tuzmoqda

Sunʼiy ong bemorda kasallik qanchalik og‘ir kechishini va u kasalxonada qancha vaqt qolishi kerakligini ham aytib beradi.

Sunʼiy ong epidemiya ssenariylarini tuzmoqda

 

Tibbiy maʼlumotlar asosida bemor kasalxonada qancha qolishini aytish mumkinmi? Yoki insoniyat biror epidemiya boshlanganda o‘zini qanday tutishini taxmin qilish-chi? Olimlar bu savollarga javobni sunʼiy ong yordamida topmoqchi.

 

Tajribadan maqsad kelajakda koronavirusga o‘xshash epidemiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nomaʼlum patogen alangasi paydo bo‘lishini aniq va samarali bashorat qilishdir.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining raqamli sog‘liqni saqlash departamenti olimlari ayni paytda shu tajriba bilan shug‘ullanmoqda.

 

Yaqinda Yel universiteti olimlari Covid-19 pandemiyasi davrida shifoxonalarning to‘lib ketgani bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini eʼlon qildi. Ular shifoxona o‘rinlarining cheklangani va bunday pandemiyaga tayyor emaslik muammoga sabab bo‘lgan, degan xulosaga keldi. Ular hukumatlarga har ehtimolga qarshi tayyorgarlikni oshirishni tavsiya qilmoqda.

 

Epidemiya holatini taxmin qilishda sunʼiy ong bemorlarni toifalarga bo‘lishni tavsiya qilgan. Uning o‘zi bemorda kasallik qanchalik og‘ir kechishini ham tashxislaydi. Shuningdek, sunʼiy ong bemor kasalxonada qancha vaqt qolishi kerakligini ham aytib beradi.

 

Hisob-kitoblar asosida klinik va metabolik biomarkerlar yotadi. Tadqiqotchilar bu omillar kasallik qanday rivojlanishiga taʼsir qilishini aytmoqda.

 

Sunʼiy ong kasallik alangasi boshlansa, tibbiyot muassasasiga ishni tashkillashtirish va resurslarni to‘g‘ri taqsimlashga ham ko‘maklashishi mumkin.

 

Ammo bu model keng qo‘llanishi uchun avval uni katta miqdordagi aholi kasalliklari va boshqa omillar haqidagi maʼlumot bilan to‘ldirish kerak. OpenEHR bosh direktori Reychel Danskombning fikricha, bizga maʼlum bo‘lgan pandemiya holatida sunʼiy ong shifoxonalar faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

 

Virjiniya texnologiya instituti tadqiqotchilari esa sunʼiy ong yordamida pandemiya holatida insonlarning ham o‘zini tutishini taxmin qilish mumkinligini aytmoqda. Ammo bu sinovning murakkabligi shundaki, insonlar xulqini oldindan aytib berish qiyin. Texnologiya ular uchun bir nechta ssenariy tayyorlaydi. Sinov doirasida olimlar Catasat nomli o‘ylab topilgan virus epidemiyasi ehtimolini ko‘rib chiqdi.

 

Ular epidemiya tarqalganda odamlar uyda qoladimi, yo‘qmi deb tekshirdi. Asos sifatida tanlangan shahar aholisining xarakteri tizimga kiritildi. Shunday qilib, sunʼiy ong lokdaun holatida shahar aholisining faoliyatini chizib berdi.

 

Xulosa qilib aytganda, sunʼiy ong turli holatlar ssenariysini tuzib berishi mumkin, ammo inson o‘zi harakatlari bilan ssenariyda kutilmagan burilishlar yasashi mumkin.

custom img

Rossiya Kiyevga besh soat davom etgan yirik raketa hujumini uyushtirdi

Ukraina poytaxtiga qariyb 40 ta "Iskander-M" ballistik va "Sirkon" gipertovushli raketalari uchirilgan.

custom img

Hindiston va Pokiston chegarasida ikki soatlik otishma yuz berdi

Hindiston harbiylari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan "terrorchilar"ni to‘xtatishga uringan.

custom img

AQSHda aka-uka Teytlar Buyuk Britaniya so‘rovi bilan hibsga olindi

Endryu va Tristan Teyt zo‘rlash, odam savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Ularning aprel oyida O‘zbekistonga kelgani ham tanqid ostida qolgandi.

custom img

Livan prezidenti Tramp bilan Isroil bo‘yicha muzokaralar uchun AQSHga yo‘l oldi

Tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini Livan janubidan olib chiqish va mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi.

custom img

Belgiya bosib olingan Falastin yerlarida ishlab chiqarilgan Isroil mahsulotlarini import qilishni taqiqladi

Ispaniya, Niderlandiya, Sloveniya va Irlandiya ham shunday cheklovlar joriy etgan edi.

custom img

Norvegiyada so‘nggi 100 yildagi eng yirik yong‘in yuz berdi

Hodisa sabab yuzlab aholi evakuatsiya qilindi.

custom img

Ukraina Rossiyadagi Wildberries omborlariga zarba berdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Zelenskiyga ko‘ra, zarba berilgan omborlarda dronlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlar saqlangan.

custom img

Anomal issiq fonida elektr iste’moli rekordi yangilandi

Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish hajmi avvalgi rekordlardan ham yuqori bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"