Jahon

G‘azoga yordam olib kelgan yuk mashinalari Rafah postida tekshirilmoqda

Isroil taxminan 3 ming tonnalik yordam olib ketayotgan 200 dan ortiq yuk mashinalarini bir necha kundan beri G‘azoga kiritmayapti.

G‘azoga yordam olib kelgan yuk mashinalari Rafah postida tekshirilmoqda

 

Misrdan G‘azoga boradigan Rafah chegara punktida falastinliklar uchun yordam olib ketayotgan yuk mashinalari tekshiruvdan o‘tishda davom etmoqda.

 

Tekshirish vaqt talab etadi va vaziyat ancha tarang.

 

Isroil tanki yuk mashinalari tekshirilayotgan paytda Rafah yaqinida joylashgan Misr chegarasi minorasini tasodifan o‘qqa tutdi.

 

Taʼkidlanishicha, falastinliklar uchun yordamning birinchi partiyasi juda kichik va G‘azo sektorining og‘ir sharoitlarga duch kelgan ikki milliondan ortiq aholisiga yordam bera olmaydi.

 

AFP xabariga ko‘ra, yakshanba kuni Rafah chegara punktiga 19 ga yaqin yuk mashinasi, shanba kuni esa insonparvarlik yordami olib ketayotgan 20 ta mashina G‘azoga kirib kelgan.

 

Shu bilan birga, BMT maʼlumotlariga ko‘ra, G‘azo aholisini qo‘llab-quvvatlash uchun kuniga kamida 100 yuk mashinasida yordam kerak.

 

21-oktabr kuni Misr-G‘azo chegarasidagi Rafah o‘tish joyi ochilib, Isroil qamalidagi G‘azo sektoriga 20 ta yuk mashinasida yordam kirib keldi. Gumanitar yordam tarkibida zarur bo‘lgan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bor. Ekspertlar bu yordam juda ozligini hamda hudud uchun yoqilg‘i ham zarurligini aytmoqda.

 

Ochiq osmon ostida qamalda bo‘lgan falastinliklar uchun bu zarur, shu bilan birga juda oz miqdordagi yordam hisoblanadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Isroil taxminan 3 ming tonnalik yordam olib ketayotgan 200 dan ortiq yuk mashinalarini bir necha kundan beri G‘azoga kiritmay turibdi.

 

G‘azoga bu to‘qnashuv boshlanishidan oldin kuniga 100 ga yaqin yuk mashinasida yordam olib kelingan. Bugungi inqiroz vaqtidagi ushbu 20 ta yuk mashinasi esa dengizdan bir tomchi xolos.

 

Xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ham ushbu kichik yordam karvoni G‘azodagi vaziyatni o‘zgartirmasligini aytgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

G‘azoga yordam olib kelgan yuk mashinalari Rafah postida tekshirilmoqda | Zamon.uz