Rio-de-Janeyro to's-to'palon ichida
Jinoiy to'dalar bosh ko'tardi.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida jinoiy yoʻda aʼzolari kamida 35 ta avtobus va bir poyezdni yoqib yuborishdi.
Ular politsiya reysida yoʻq qilingan toʻda boshliqlaridan birining oʻlimi uchun shunday qasos olishgan.
Shahardagi toʻs-toʻpalon vaqtida guruhdan 12 kishi hibsga olindi. Oʻldirilgan odam Zinho laqabli toʻda yetakchisining jiyani edi.
Rio-de-Janeyro gubernatori maʼlum qilganidek, shahardagi barcha xavfsizlik kuchlari safarbar qilingan. Ular shtatdagi barcha jinoiy guruhlar rahbarlarini hibsga olmoqchi.







