O'zbekiston

Xonasida qimor o‘ynagan uchko‘priklik mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandi.

Xonasida qimor o‘ynagan uchko‘priklik mansabdorlarga sud hukmi o‘qildi

 

Кarta o‘ynagani sabab ommaga tanilgan Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Moliya bo‘limi boshlig‘i va hokim yordamchilariga sud hukmi o‘qildi.

 

Avvalroq, mazkur uch nafar xodimlarning xizmat xonasida qarta o‘ynab o‘tirgani aks etgan surat tarqalgandi. Jamoatchilik tanqididan so‘ng, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor bo‘lgani maʼlum qilingandi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 26-oktabr kuni kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi ochiq sud majlisida mazkur ish ko‘rib chiqilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, MJtKning 191-moddasi 1-qismi bilan Uchko‘prik tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshqaruvchisi d.d., Uchko‘prik tumani Moliya bo‘limi boshqaruvchisi S.R. va Uchko‘prik tuman Oqsuv MFY hokim yordamchisiga nisbatan BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qariyb 2 kg gashish va 18 ming dollar: Andijonda ikki shaxs ushlandi

Qo‘lga olish jarayonida ular tezkor xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringan.

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Tadbirkorga faxriy unvon, kitobxon oilalarga uy: Qashqadaryodagi yig‘ilishda nimalar aytildi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoni yil yakuniga qadar kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsadini bildirdi.

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Oltin qalam” Parijga yetib bordi: fransiyalik jurnalistga mukofot topshirildi

“Georama” nashriyoti asoschisi va “Euronews” muxbiri O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zolari bo‘ldi.