Sport

Karate sporti yanada rivojlantiriladi

O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinishi aytilmoqda.

Karate sporti yanada rivojlantiriladi

 

“Karate (WKF) sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qarorga ko‘ra, 2023–2026 yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan:

 

  • aholining barcha qatlamlari karate bilan shug‘ullanishi uchun hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi;

  • bog‘chalarda “Kids karate” (kids karate) loyihasi ishga tushiriladi.

 

Qaror bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinib, joylarda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida parakarateni rivojlantirish uchun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tuzilmasida parakarate bo‘limi tashkil etiladi.

 

2023–2026 yillarda O‘zbekistonda karate (WKF) bilan doimiy shug‘ullanuvchilar sonini 55 ming nafarga yetkazish (jumladan, joriy yilda 40 ming nafar) nazarda tutilgan.

 

2024 yildan boshlab har yili:

 

  • respublikaning barcha hududlarida 7 oktyabr kuni – Butunjahon karate kuniga bag‘ishlangan Karate festivali;

  • karate va parakarate bo‘yicha nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;

  • belgilangan yosh toifalari bo‘yicha uch bosqichli (tuman/shahar, hududiy va respublika) chempionatlar va kuboklar;

  • karate bo‘yicha davlat sport-taʼlim muassasalari o‘rtasida “O‘zbekiston chempionati” musobaqasi o‘tkaziladi.

 

Qarorga ko‘ra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimida O‘zbekiston karateni rivojlantirish markazi tashkil etiladi.

 

Mazkur markaz barcha yosh toifalari bo‘yicha terma jamoalarning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun asosiy sport bazasi hisoblanadi.

 

2024 yil 1 martgacha joylarda karate bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, musobaqalarda qatnashuvchi barcha sportchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘liq raqamlashtiriladi.

 

2024/2025 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida karate bo‘yicha bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga va magistratura mutaxassisligiga amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari joriy o‘quv yiliga nisbatan 2 baravarga oshiriladi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.