O'zbekiston

Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi

Bu haqda Tashkent_Land Telegram kanali xabar berdi.

Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olindi

 

Toshkentning Sergeli tumanida samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Tashkent_Land Telegram kanali xabar berdi.

 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar bolalarga baqirib, tahdid qilib, ularni so‘kishgan. Bolalarni Qumariq mahalla qo‘mitasi binosiga olib borishgan va barcha suratga olish jihozlarini olib ketishgan. Hibsga olingan olti o‘quvchi shaxsiy avtomashinada boshqa joyga olib ketilgan.

 

Qo‘lga olinganlar Uzbekistan Airports kompaniyasi tomonidan Toshkent aeroportida o‘tkaziladigan rasmiy spotting tadbirlarida muntazam qatnashib kelayotgan yoshlar hisoblanadi.

 

O‘zbekiston hukumati 2022 yil yanvardagi qarori bilan aeroportlarda samolyotlarni suratga olishga rasman ruxsat bergan.

 

Toshkentda aviatsiya ixlosmandlari ko‘p yillardan buyon eʼtibor qaratib kelayotgan bir qancha joylar bor. Shu vaqtgacha samolyotlarni suratga olayotganlar baʼzan tarqatib yuborilgan yoki ichki ishlar bo‘limlariga olib ketilgan, ammo u joylarda samolyotlarni suratga olishni taqiqlovchi belgilar bo‘lmagan.

custom img

Toshkentda 3-avgustgacha ayrim yo‘llar yopiladi

Mustaqillik shoh ko‘chasining ikkinchi qismida asfalt yotqizish ishlari yakunlanadi.

custom img

Damas’da 28 nafar bola tashigan haydovchiga jarima bali yozildi

Bolalarning besh nafari avtomobilning old o‘rindig‘ida joylashtirilgan bo‘lgan

custom img

O'zbekistonda zamonaviy basseyn qurgan tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

2028-yilgacha foydalanishga topshiriladigan dastlabki 100 ta basseyn uchun qurilish va ishga tushirish xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l transporti sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston temir yo‘l tizimini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda 15 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan yurishi mumkin bo‘ladi

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlarining uchrashuvida Sadir Japarov mintaqa uchun Shengen vizasiga o‘xshash yagona turistik viza joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘zbekistonda jaziramaga qaramasdan, yozgi turizmga qiziqish ortmoqda

2026-yilning dastlabki olti oyida mamlakatga 6,56 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 25 foizga ko‘pdir.

custom img

Qoraqalpog‘istonda fermerlar uchun maxsus akselerator dasturi yo‘lga qo‘yiladi

Loyiha Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida ICBA va Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

custom img

Samarqandda pulga muhtoj ayollarni chet elga yuborayotgan 21 yoshli qiz ushlandi

U bir ayolni Rossiyaga jo‘natishga uringan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"