Jahon

AQSHning atom suv osti kemasi Yaqin Sharqqa yetib keldi

Bu haqda mamlakat Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

AQSHning atom suv osti kemasi Yaqin Sharqqa yetib keldi

 

Amerikaning Ogayo toifasidagi yadro suv osti kemasi Yaqin Sharqqa yetib keldi. Bu haqda mamlakat Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

 

“Ogayo toifasidagi suv osti kemasi AQSH Markaziy qo‘mondonligining mas’uliyat hududiga yetib keldi”, — deyiladi xabarda.

 

AQSH Markaziy qo‘mondonligiga Yaqin Sharq, Sharqiy Afrika va Markaziy Osiyo kiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, Isroilning HAMAS bilan urushi fonida Qo‘shma Shtatlar mintaqada harbiy kuchlarini ko‘paytirishni boshlagan. Oktyabr oyi boshida AQSHning Jerald Ford samolyot tashuvchi kemasi va uning eskort kemalari O‘rta yer dengizining sharqiy qismiga yetib keldi. Keyinchalik mintaqaga yana bir samolyot tashuvchisi Duayt Eyzenxauyer yuborildi.

 

Shuningdek, AQSH harbiylari Isroil qirg‘oqlariga dengiz tezkor kuchlarini jo‘natgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.