Bayden yoki Tramp?
Amerikaliklar prezidentlikka nomzodni tanlashni boshladi.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp kelasi yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish uchun muhim bo‘lgan oltita shtatdan beshtasida mamlakatning amaldagi rahbari Jo Baydenga qaraganda ko‘proq saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. the New York Times gazetasi o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat beradi.
Unga ko‘ra, Bayden Arizona, Jorjiya, Michigan, Nevada va Pensilvaniya shtatlarida Trampdan 4-10 foiz punktga, faqat Viskonsin shtatida ikki foizga ortda qolgan. Shunday qilib, agar saylovlar hozir bo‘ldi deb hisoblansa, mazkur shtatlarda Tramp saylovchilarning 67 foiz ovozini, Bayden esa 10 fozini olgan bo‘lardi. Nashr taʼkidlaganidek, Baydenni qo‘llab-quvvatlash turli demografik guruhlarda kamayib bormoqda, bu amerikaliklarning uchdan ikki qismi (67 foiz) mamlakat noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganiga ishonishi bilan bog‘liq.
“Agar saylovlar hozir bo‘lib o‘tsa va nomzodlar demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp bo‘lsa, siz kimga ovoz bergan bo‘lardingiz” degan savolga javob berar ekan, respondentlarning 44 foizi Trampni tanlagan, atigi 39 foizi Baydenga ovoz berishga tayyor. Shu bilan birga, so‘rov ishtirokchilarining 48 foizi, agar u Bayden bo‘lmasa, AQSHda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodga ovoz berishga tayyor, respondentlarning 59 foizi Baydenning ishini maʼqullamaydi.
So‘rov ishtirokchilarining aksariyati (59 foizi) nomzod tanlashda ishsizlik, soliqlar va yashash narxi kabi iqtisodiy muammolarni qanday hal qilish haqida qayg‘urmoqda. Respondentlarning 29 foizi uchun nomzod tanlashda ijtimoiy masalalar muhim ahamiyatga ega. Amerika iqtisodiyotining ahvolini hozirda respondentlarning 81 foizi salbiy baholagan.
So‘rovnomada Arizona, Viskonsin, Jorjiya, Michigan, Nevada va Pensilvaniya shtatlaridan 3662 nafar amerikalik saylovchi ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Joriy yilning 25 aprel kuni Bayden eng yuqori hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini eʼlon qildi. Tramp 2022 yil noyabr oyida saylovoldi poygasiga kirishini eʼlon qilgan.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun, AQSHning amaldagi rahbari Jo Baydenning keksaligi ko‘plab amerikaliklarni tashvishga solmoqda. U so‘nggi vaqtlarda ommaviy tadbirlarda tinimisiz noqulay vaziyatlarga tushib qolyapti.
AQSH rahbari Kanada bosh vaziri bilan Amerika qitʼasining iqtisodiy farovonlik yo‘lidagi hamkorligi sammiti doirasidagi uchrashuvda noqulay vaziyatga tushib qolgan.
Amerika prezidenti o‘z nutqi davomida qo‘shni davlat hukumati rahbariga minnatdorchilik bildirishga qaror qildi, biroq uning ismini o‘ziniki bilan adashtirib yubordi.
"Bosh vazir Jo va prezidentga minnatdorchilik bildiraman... Bosh vazir Tryudoga minnatdorchilik bildiraman", - degan Bayden.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika prezidenti Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvda o‘z pozitsiyasini chalkashtirib yuborgan va uni mamlakat prezidenti deb atagan edi.
Shu bilan birga Jozef Bayden uning eng katta muammosi yoshi ekanligini o‘zi ham tan olgan.







