O'zbekiston

Alisher Qodirov: taʼlimga ajratilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijani bermayapti

O‘zMTDP fraksiyasi rahbari bog‘cha tarbiyachilarining oyliklarini oshirish taklifini berdi.

Alisher Qodirov: taʼlimga ajratilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijani bermayapti

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Davlat dasturining 2023 yil to‘qqiz oyidagi ijrosi hamda “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

 

Muhokamalarda deputatlar daromadlarni oshirish, soliq bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiy faoliyatni mumkin qadar qisqartirishga qaratilgan choralar hamda kelgusi yilda ko‘zda tutilgan byudjet mablag‘laridan foydalanishda samaradorlik va natijadorlikni oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.  

 

Muhokamalarda siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari Davlat dasturi ijrosi hamda 2024 yilgi Byudjetnoma loyihasi yuzasidan fraksiyalarning munosabatini bildirdi.    

 

Jumladan, O‘zMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov taʼlim-tarbiya sohasiga alohida to‘xtalib, bu tizimga ajratilayotgan mablag‘lar kutilayotgan natijalarni bermayotganini taʼkidladi:  

 

"Taʼlim-tarbiya tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar qariyb 3 barobar oshirilgani quvonarli hol. Ammo ushbu ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish lozim.    

 

Kelgusi yilgi Byudjetnomada Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilayotgan mablag‘larning 80 foizi o‘qituvchilarning oyligi uchun yo‘naltirilyapti. Haqiqatan o‘qituvchi yuqori maosh olishi kerak. Chunki ular kelajakni yaratadi. Biz yaqinda pedagoglarning maqomi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildik va unda o‘qituvchilarning maqomi, huquqiy himoyasi belgilab berildi.    

 

Soha uchun byudjet mablag‘lari kamaymayapti. Ammo yaratilayotgan sharoit kelajakka yangi umidlarni uyg‘otmayapti. Yaʼni, taʼlimga berilayotgan mablag‘ kutilayotgan natijalarni bermayapti. O‘tgan yili OTMlarga topshirgan abituriyentlarning 50 foizga yaqini hatto 2 bahoga loyiq natijani ko‘rsatmadi.    

 

Bugun 500 mingga yaqin o‘qituvchi bor. Ularning oyligi uchun 35 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti. Tahlillarga qaraganda, maktablarda 10-15 foiz ortiqcha, yaʼni zarurat bo‘lmagan o‘qituvchi ishlayapti.    

 

Zamon shunchalar tezlashdiki, bugun o‘qituvchi bir necha kun tayyorlanib beradigan biror maʼlumotini o‘quvchi internetdan bir pasda olyapti. Shuning uchun pedagog ham zamonga moslashishi, zamonaviy bo‘lishi kerak. Taklifimiz taʼlimga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida vazirlik jiddiy bosh qotirishi lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish bilan birga, zamon talablari asosida ularning ishini to‘g‘ri baholash tizimini yaratish zarur.    

 

35 trillion pulning maʼlum bir qismini MTTga ham yo‘naltirishimiz kerak. Bog‘chalarda ham ahvol yaxshi emas. 30-35 ta bolaga 1 ta tarbiyachi to‘g‘ri kelyapti. Tizimdagi oliy maʼlumotga ega tarbiyachilar bor-yo‘g‘i 25-30 foizni tashkil qilayapti. Bog‘cha tarbiyachilarining oyliklarini ham oshirish lozim. Jahon standartlariga mos ravishda 10-15 ta bolaga bitta tarbiyachini biriktirish haqida o‘ylashimiz kerak", — dedi Alisher Qodirov.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.