Jahon

Istanbulda 40 kunga yetadigan suv qoldi

Ekspertlar vaziyatni keskin deb atamoqda.

Istanbulda 40 kunga yetadigan suv qoldi

 

Istanbul suv havzalarida zaxiralar meʼyorning 17,31 foizigacha kamaydi. Bu haqda mahalliy hokimlik suv xo‘jaligi boshqarmasi xabar berdi.

 

Turkiya metropolidagi suv omborlari uchun norma 868,7 million kub metr suvni tashkil qiladi. Avvalroq «Milliyet» gazetasi Istanbuldagi omborxonalarda 40 kunlik suv qolgani haqida xabar bergan edi. Ekspertlar vaziyatni keskin deb atamoqda.

 

Shahar meri Ekrem Imomog‘lu aholini suvni tejashga chaqirdi. Istanbul aholisi kuniga 3 million kub metrdan ortiq suv isteʼmol qiladi.

 

Sentyabr oyi oxirida Istanbuldagi suv zaxiralari 22,99 foizga kamaygani xabar qilingandi. Bu 2014 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Avgust oyida shahar rasmiylari aholini mashinalarini yuvmaslikka va maishiy ehtiyojlar uchun kamroq suv ishlatishga chaqirgan. 20-avgustdan boshlab bog‘ va maysazorlarni sug‘orish uchun suv berish vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Istanbulda 40 kunga yetadigan suv qoldi | Zamon.uz