G'azodagi urush inflyatsiyaga ta'sir ko'rsatmoqda
Energiya narxi allaqachon 10 foizga qimmatlashgan.

Yaqin Sharqdagi mojaro Yevropada inflyatsiyaning oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari ogohlantirdi.
Ular G'azo sektori va Isroil o'rtasidagi qurolli to'qnashuvning kuchayishi allaqachon energiya narxiga ta'sir qilganini ta'kidladilar.
Shunday qilib, bugungi kunda tabiiy gaz narxi 10 foizga qimmatlashdi. Bundan tashqari, energiya narxining oshishi Yaqin Sharqdagi mojaroning davomiyligi va intensivligiga qarab farq qilishi mumkin.







