Siyosat

Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim barobar ko‘paydi

Davlat rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida 2030 yilga qadar ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichni yana ikki barobarga oshirish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim barobar ko‘paydi

 

Davlat rahbari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida 2030 yilga qadar ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichni yana ikki barobarga oshirish rejalashtirilganini maʼlum qildi.

 

Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.

 

O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

 

Bugungi oliy darajadagi uchrashuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan qatʼiy intilishimizning yaqqol dalilidir.

 

Bugun ko‘z o‘ngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom maʼnoda o‘zgarmoqda va global qayta qurilishi sodir bo‘lmoqda.

 

Bu murakkab jarayonlarda o‘zining katta o‘rniga ega bo‘lgan Tashkilotimiz davlatlari birgalikda hamjihat bo‘lib harakat qilishi, vujudga kelayotgan xavf-xatarlarga qarshi samarali yechimlar topishi muhimdir.

 

“Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida o‘tayotgan sammitimizda siz, aziz hamkasblarim bilan ko‘p tomonlama aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqish va eng dolzarb masalalar bo‘yicha batafsil fikr almashamiz.

 

Barchangizga bugungi tadbirimizda ishtirok etayotganingiz va o‘zaro manfaatli munosabatlarimiz ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun alohida tashakkur bildiraman.

 

Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni Tashkilotimizdagi muvaffaqiyatli raisligi bilan samimiy tabriklayman.

 

Ozarbayjon raisligi doirasida “Yashil o‘tish va o‘zaro bog‘liqlik yili”da o‘tkazilgan qator tadbir va tashabbuslar amaliy sherikligimizni kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shdi.

 

Kelgusi yilda Tashkilotimizga raislik qiladigan Eron Islom Respublikasining mintaqaviy savdoni rivojlantirish orqali hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish borasidagi reja va maqsadlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

 

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

 

Bundan roppa-rosa ikki yil oldin Ashxobod shahrida Tashkilotimizning o‘n beshinchi sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazgan edik. Turkmanistondagi yig‘ilishimizda qabul qilingan muhim qarorlar tuzilmamiz faoliyatiga yangi nafas olib kirdi.

 

Tashkilotni isloh qilish va uning samaradorligini oshirish, xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, transport vazirlarimiz qabul qilgan Toshkent deklaratsiyasining muhim ahamiyatini alohida qayd etmoqchiman.

 

Boku shahrida Toza energiya markazini tashkil etish va mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish masalasi bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Ekologiya sohasida yuqori darajadagi muloqot platformasi tuzildi. Turizm hamkorligini yana-da kengaytirish maqsadida birinchi bor Tashkilot turoperatorlari tarmog‘i yaratildi va Xavfsiz turizmni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

 

Qadrli delegatsiyalar rahbarlari!

 

Tashkilotimiz aʼzolarini mushtarak tarix va muqaddas islom dinimiz, boy madaniyat va o‘xshash qadriyatlar chambarchas bog‘lab turadi.

 

Yarim milliard aholi yashaydigan keng mintaqamiz savdo-iqtisodiy, sanoat, investitsiya va innovatsiyalar, transport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishda katta salohiyatga ega.

 

Tahlillarga ko‘ra, jahondagi global inqirozga qaramasdan, bizning iqtisodiyotlarimiz barqaror o‘sish surʼatlarini namoyon etmoqda.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ortga qaytmas islohotlar jadal amalga oshirilayotganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz. Biz iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yana-da yuksaltirishga asosiy eʼtiborni qaratyapmiz.

 

Yangi O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim barobar ko‘paydi. 2030 yilga qadar ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichni yana ikki barobarga oshirishni mo‘ljallayapmiz. Bunga, avvalo, “yashil” iqtisodiyot va zamonaviy infratuzilmani barpo etish, xususiy sektorni rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hisobidan erishish ko‘zda tutilmoqda.

 

Bu borada xalqaro maydonda o‘z ovozi va nufuziga ega Tashkilotimizning barcha aʼzolari bilan samarali ishlashga tayyormiz. Zero, yaqin va yaxshi qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldira oladi. Umumiy savdo-transport koridorlari va energetika tarmoqlari esa davlatlarimizni uzviy bog‘laydi. Biz yangi “o‘sish nuqtalari”ni birgalikda izlab topish orqali kelgusida salmoqli natijalarga albatta erishamiz.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon birgalikda konsert tomosha qildilar

Qoʻshma chiqishlar Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi madaniy anglashuv va maʼnaviy yaqinlik ramzi boʻldi.

custom img

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Yangi binoda elchixona, konsullik bo‘limi va diplomatlar uchun turar-joylar mavjud.

custom img

Oʻzbekiston va Tojikiston muzokaralari yakunida qator muhim bitimlar imzolandi

Tomonlar tovar ayirboshlashni oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda investitsiya hamkorligini kengaytirishga kelishib oldi.

custom img

Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari yangi kooperatsiya loyihalarini ishga tushirdi

Davlatlar oʻrtasida yangi ishlab chiqarish loyihalari boshlandi, shuningdek, Yangi Toshkentdagi ko‘chaga Dushanbe nomi berildi.

custom img

Donald Trampdan Shavkat Mirziyoyevga maktub keldi

Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga hamda G20 sammitiga taklif etdi.

custom img

Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi

Qutlovlarda Yangi Oʻzbekistondagi islohotlar yuqori baholandi.

custom img

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida tomonlar Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi munosabati bilan samimiy tilaklar bildirdi.

custom img

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun boj undirishni ko‘rib chiqmoqda

Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalarining xavfsiz harakati ta’minlanishi uchun mamlakatlar boj to‘lashga majbur bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"