Trampning O‘zbekistonga safari qachon bo‘ladi? Rubio javob berdi
Marko Rubioning aytishicha, safar muddatlari kelasi yili ko‘rib chiqiladi.

AQSh prezidenti Donald Trampning O‘zbekistonga tashrifi 2027-yilda rejalashtirilishi mumkin. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqandda jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Rubioning ta’kidlashicha, AQSh tomoni tashrif amalga oshishini istaydi va kelgusi yilda uning mumkin bo‘lgan sanalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
“Biz kelgusi yilda bu borada ishlashni va qaysi sanalar mos kelishini ko‘rib chiqishni istaymiz. Menimcha, imkoniyat bo‘lsa, u haqiqatan ham kelishni xohlaydi. Uning o‘zi ham shunday degan”, — degan Rubio.
Avvalroq AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli ham Donald Tramp O‘zbekistonga kelishni xohlayotganini bildirgan edi. U Amerika yetakchisining tashrifini ilgari surib kelayotganini va safar yaqin kelajakda amalga oshishiga umid qilayotganini aytgan.








