O'zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirildi

Poytaxtimizda xalqaro “III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirildi

 

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” xalqaro va xorijiy amaliyot, ilg‘or tajribalar misolida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning mohiyati va ahamiyatini, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola etish imkonini berdi.

 

Mazkur   Forum korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan choralar hamda erishilgan natijalarni  mahalliy va xorijiy hamkorlar, keng jamoatchilik bilan muhokama  va sarhisob qilish, mahalliy hamda xorijiy  hamkorlar bilan o‘zaro tajriba almashish va bu borada xalqaro hamkorlik ko‘lamini yana-da kengaytirish, shuningdek, kelgusidagi rejalar, yangi istiqbollarni belgilab olishga xizmat qilib kelmoqda.   

 

Shu maqsadda bu yilgi nufuzli tadbir Janubiy Koreya, Qatar, Malayziya, Estoniya, Finlyandiya, Latviya, Gonkong hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul idoralari rahbarlari hamda Jahon banki, BMT  Taraqqiyot dasturi, “Mintaqaviy Muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyatining yetakchi ekspertlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, vazirlik hamda idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ochiq muloqot, qizg‘in muhokama va o‘zaro tajriba almashishda navbatdagi o‘ziga xos platforma bo‘ldi.

 

 

Forumda xalqaro va xorijiy amaliyot, ilg‘or tajribalar misolida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning mohiyati va ahamiyati, shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga bag‘ishlangan taqdimotlar qilindi.

 

Ahamiyatli yana bir jihati shundaki, Forum doirasida Korrupsiyaga qarshi bo‘yicha Mintaqaviy platforma ishga tushirildi. Mazkur platforma Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan BMT Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qoidalarini yana-da samarali amalga oshirishga ko‘maklashish, bu borada mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Platforma faoliyati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali profilaktik chora-tadbirlar, xususiy sektorda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, aktivlarni qaytarish va xalqaro hamkorlik kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

 

Platformaning o‘ziga xos vazifalari o‘zaro axborot va taʼlim almashish, bilimlarni boshqarish va mintaqada korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlar uchun forum tashkil etish, hamkorlikni muvofiqlashtirishni takomillashtirishga qaratiladi.

 

 

Forum doirasida “Axborotdan foydalanish korrupsiyaning oldini olishning samarali usuli sifatida”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish organlari tomonidan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish”, “Korrupsiyaga qarshi taʼlim va tarbiya korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari sifatida” mavzusidagi sessiyalarda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan turli taqdimotlar o‘tkazilib, o‘zaro tajriba almashildi. 

 

Forum doirasida  ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlari, uning istiqbollari, sohaning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish oid islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

 

Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati shakllari mavzularida interaktiv sessiyalar ham bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqotlar yakunida amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish siyosatini yana-da takomillashtirish, ayni yo‘nalishdagi chora-tadbirlar natijadorligini baholash va sifatini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar tayyorlandi.

Toshkent havosi sifati: ifloslanishga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Toshkent havosi sifati: ifloslanishga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida 25–26-oktyabr kunlari poytaxt va unga tutash hududlarda yirik chang massalari kuzatilgan.

Kino sohasini rivojlantirish: sohada ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi

Kino sohasini rivojlantirish: sohada ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi

Kino yaratishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi.

Kinematografiya agentligi tugatiladi: kino sohasi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatiladi: kino sohasi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

“O‘zbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning o‘rnida zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan milliy kinokompaniya tashkil etiladi.

“Milliy filmlarimiz talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q” — Prezident

“Milliy filmlarimiz talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev kino sohasidagi davlat buyurtmasi tizimini tanqid qildi.

O‘zbek kinosiga e’tibor kuchaydi: bir yilda 218 milliard so‘m ajratildi

O‘zbek kinosiga e’tibor kuchaydi: bir yilda 218 milliard so‘m ajratildi

Prezident milliy kino tarixida “Mahallada duv-duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola” va “Suyunchi” kabi filmlar alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.

Yuqori Chirchiqda qarzdorlik sabab korxona mashinasi xatlandi

Yuqori Chirchiqda qarzdorlik sabab korxona mashinasi xatlandi

Hozirda u belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarilmoqda.

Qo‘ng‘irotda MIB orqali 500 mln soliq qarzi undirildi

Qo‘ng‘irotda MIB orqali 500 mln soliq qarzi undirildi

Qarzdor bankdagi hisob raqamlariga band solingach, soliqni to‘lashga majbur bo‘lgan.

Toshkentda soliq qarzi sabab maxsus mashina xatlandi

Toshkentda soliq qarzi sabab maxsus mashina xatlandi

Hozirda u jarima maydonchasiga joylashtirilib, auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.