O'zbekiston

O‘zbekiston eng yaxshi sayohat maskani deb topildi

Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston eng yaxshi sayohat maskani deb topildi

 

Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm ko‘rgazmasi davomida Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamovga dunyodagi eng mashxur turistik nashriyotlardan biri “Lonely Planet” Vitse Prezidenti Tom Brody tomonidan 2024-yil uchun “O‘zbekiston - eng yaxshi sayohat maskani” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan maxsus sertifikat topshirildi.

 

Ma’lumot uchun: “Lonely Planet” - sayohat bo'yicha qo'llanma va kitoblar nashriyoti bo‘lib, 1973-yilda Avstraliyada tashkil etilgan kompaniya 150 milliondan ortiq kitoblarni chop etgan. Kunlik kuzatuvchilari soni 15 mln. ga yaqin.

 

Joriy yilning 25-oktabr kuni 10 nafar davlatlar (Benin, Chili, Xorvatiya, Hindiston, Pokiston, Meksiko, Marokash, Sent-Lyusiya va O‘zbekiston) orasida O‘zbekiston nomzodi “Lonely Planet” nashriyoti ekspertlari tomonidan g‘olib deb topilgan.

 

“Lonely Planet” ekspertlari tomonidan taqdim etilgan ma’umotlarga ko‘ra O‘zbekiston quyidagilar islohotlar uchun tanlangan:

 

“O‘zbekiston bo‘ylab vohadan tortib vohagacha sayohatchilar o‘tgan asrlar davomidagi savdo tarmoqlarini kuzatishda davom etmoqda. Bir paytlar obod qal’a shaharlarini bog‘lab turgan tuya karvonlari o‘rnini tezyurar temir yo‘l va qulay ichki reyslar tarmog‘i egallagan bo‘lsa-da, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy madaniy markazlari hali ham Ipak yo‘li davrini eslatib turadi. Nurota tog‘larida jamoatchilik asosidagi turizm tashabbusi tashrif buyuruvchilarga cho‘pon jamoalari hayotini ko‘rsatadi”.

 

Xabaringiz bor, O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Travel Mart” xalqaro turizm ko‘rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etdi.

 

An-anaviy tarzda O‘zbekiston milliy stendi ostida ishtirok etayotgan Turizm qo‘mitasi mas’ullari tomonidan “World Travel Mart” xalqaro turizm yarmarkasida mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijiy dalvatlar orasida keng targ‘ib qilish, xorijiy turizm sohasi maʼmuriyati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash va xorijiy sayyohlarni jalb etish maqsadida muzokaralar olib borildi.

 

Xususan, “BBC World News” kompaniyasining Yevrosiyo hududi rahabari S.Stanovkin bilan mamlakat turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, “CNN”ning MDH hamda Osiyo mamlakatlari bo‘yicha direktori I.Axmad va “Euronews” kompaniyasining xalqaro tijorat direktori K.Shtayn bilan xalqaro media maydonlarida O‘zbekistonning yuksak madaniyati, boy tarixi va turizm salohiyatini yoritishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.