Malayziyada mehmonxona qulab tushdi
Binoda qurilish ishlari olib borilayotgan edi.

Malayziyada qurilayotgan mehmonxona qulab tushdi, deb xabar bermoqda “Xabar 24”.
To‘rt kishi jarohat oldi, yana to‘rt kishi vayronalar ostida qolmoqda. Ularning ahvoli maʼlum emas. Voqea joyidan olingan videolavhalar mahalliy OAV tomonidan eʼlon qilingan.
Qutqaruv xizmatlari maʼlumotlariga ko‘ra, qulash vaqtida binoda qurilish ishlari davom etayotgan edi. Fojia erta tongda sodir bo‘lgani uchun hududda odam ko‘p bo‘lmagan. Qulash sabablari hozircha nomaʼlum.







