Tramp oilasi og‘ir judolikka uchradi
So‘nggi bir necha yil ichida Tramp bir qancha yo‘qotishlarga uchragan. Uning ukasi Robert 2020 yilda, birinchi rafiqasi Ivana esa 2022 yilda vafot etgandi.

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning opasi, sudya Merienn Tramp Barri 86 yoshida vafot etdi.
"Barri Manxettenning Sharqiy tomonidagi uyida vafot etdi", — deb yozadi New York Times nashri.
Manbalar o‘lim sabablarini oshkor etmagan.
Merienn Tramp Barri 2019 yilgacha Nyu-Jersida federal sudya bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp tez-tez opasining fikrini tinglagan, biroq ularning jiyani meri Tramp sobiq prezidentning opasi tanqidiy fikrlar bildirgan audioyozuvlarni eʼlon qilganidan keyin ularning munosabatlari buzilib ketgan.
So‘nggi bir necha yil ichida Tramp bir qancha yo‘qotishlarga uchragan. Uning ukasi Robert 2020 yilda, birinchi rafiqasi Ivana esa 2022 yilda vafot etgandi.







