O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev bank tizimidagi transformatsiya jarayonlarini ko‘rib chiqdi

Prezident davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha taklif bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev bank tizimidagi transformatsiya jarayonlarini ko‘rib chiqdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Bu sohani isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida so‘nggi uch yilda banklar kapitali 1,8 baravarga, yillik kredit ajratish hajmi 2 baravarga ko‘paydi. 4 ta bank ilk bor “yevrobond” chiqarib, xalqaro kapital bozorlaridan 1 milliard dollar resurs olib keldi. Ipoteka-bankka strategik xorijiy investor jalb qilindi. 13 ta yangi xususiy bank tashkil etildi, Vengriya, Qozog‘iston va Gruziyaning nufuzli banklari yurtimizda faoliyat boshladi. Onlayn bank xizmatlari hajmi 2,7 barobarga oshdi.

 

Shu bilan birga, bank sektorida raqobat kuchaymoqda, bank xizmatlariga aholi va tadbirkorlar tomonidan talab oshmoqda. Bu sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilab olishni taqozo etayotir.

 

Xususan, davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning qimmatli qog‘ozlarini “IPO”ga chiqarish, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

 

Xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirib, banklarning reytingini oshirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Yig‘ilishda bank rahbarlari transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, xodimlarni o‘qitish, sohada ilg‘or IT yutuqlarni joriy qilish bo‘yicha rejalarini aytdi.

 

Har bir bank o‘zi sarmoya kiritgan loyihalarni chuqur tahlil qilib, ishga tushishini kuzatib borishi, hududlar va sohalarda samardorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishi zarurligi taʼkidlandi.

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

Bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb qilindi: SSV xodimlarga chora ko‘radi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi bildirilgan.

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

50 ming dollar talab qilingan tovlamachilik ishi: “Demokrat.uz” rahbari 10,3 yilga qamaldi

U bilan birga tovlamachilik qilgan bloger Aziz G‘oipnazarov ham sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

Kredit evaziga iPhone 17 Pro Max: Farg‘onada hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroga bankdagi tanishlari orqali kredit chiqarib berishni va’da qilgan.

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Navoiy viloyatining sobiq hokimi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Bahriddin Ro‘ziyev Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi va xalqaro logistika markazini tashkil etish ishlariga hissa qo‘shgan.

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Birida 2,5 ming, boshqasida 4,4 ming dollar: noqonuniy “Umra” tashkilotchilari aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda fuqarolarni noqonuniy ziyoratga yuborish evaziga pul talab qilgan ikki shaxs ushlandi.

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

50 sotix yer uchun 100 ming dollar: Paxtaobod hokimi o‘rinbosari ushlandi

U va kadastr idorasi mansabdori fuqarodan auksion orqali arzon narxda yer olib berish evaziga pul talab qilgan.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: 8 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Markaziy bank tekshiruvlari natijasi: 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkiloti jarimaga tortildi

Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktabr oyida 43 ta masalani ko‘rib chiqildi.