Jahon

Italiyada mafiyaga qarshi sudda 200 dan ortiq kishiga hukm o‘qildi

"Ndrangeta" Kalabriya mafiyasi ustidan sud jarayonida prokurorlar 322 ayblanuvchiga jami 5000 yilga yaqin qamoq jazosini so‘ragan.

Italiyada mafiyaga qarshi sudda 200 dan ortiq kishiga hukm o‘qildi

 

Italiya sudi 20 noyabr kuni Italiya janubidagi Kalabriya viloyatidan "Ndrangeta" jinoiy mafiya guruhiga aloqador bo‘lgan 200 dan ortiq kishini aybdor deb topdi va turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qildi. Bu so‘nggi 30 yil ichida mamlakatdagi eng yirik mafiya ishi bo‘yicha sud bo‘ldi.

 

Umuman olganda, ishda 400 dan ortiq modda, jumladan, giyohvandlik vositalari va qurol savdosi, tovlamachilik va mafiya bilan aloqadorlikda ayblangan 338 kishi ishtirok etgan. Prokurorlar 322 ayblanuvchiga jami 5000 yilga yaqin qamoq jazosini so‘ragan.

 

Natijada sud 131 nafar ayblanuvchini oqladi va 207 nafarini jami 2000 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qildi. Hukmning eʼlon qilinishi taxminan bir yarim soat davom etdi.

 

 

Eng og‘ir jazolar "Ndrangeta"ning ikki yetakchi aʼzosi — Saverio Ratsionale va Domeniko Bonavotega berildi - 30 yillik qamoq jazosi. Ayblanganlar orasida 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq deputat Jankarlo Pittelli ham bor.

 

Hukmlar Lametsiya-Terme shahrida shu maqsadda maxsus qurilgan majmuada bo‘lib o‘tgan qariyb uch yillik sud jarayonini yakunladi. Sud jarayonida yana 70 nafar sudlanuvchi 2021-yil noyabr oyida jazo muddatini qisqartirish evaziga tezkor sud jarayonini tanlab, aybdor deb topildi.

 

Maʼlumot o‘rnida: "Ndrangeta" Italiyadagi eng nufuzli zamonaviy mafiya guruhlaridan biri hisoblanadi. U qurol, odam savdosi va giyohvand moddalar bilan shug‘ullanadi hamda ko‘p milliard dollarlik aylanmaga ega. 2016-yilda uning aʼzolari 2012-yilda sodir bo‘lgan ikki dahshatli zilziladan so‘ng Italiya shimolida qurilish biznesi va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarda firibgarlikda ayblangan edi.

 

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"