Jahon

20 ming kishi boshpanasiz qoldi: Braziliyada bo‘ron uylarning 93 foiziga zarar yetkazdi

Tabiiy ofat oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 265 kishi jarohatlandi.

20 ming kishi boshpanasiz qoldi: Braziliyada bo‘ron uylarning 93 foiziga zarar yetkazdi

 

Braziliyaning janubidagi Tupansireta shahrida yuz bergan kuchli bo‘ron oqibatida qariyb 20 ming kishi uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Tabiiy ofat kamida besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 265 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) ma’lum qildi.

 

Tashkilot xabariga ko‘ra, bo‘ron turar joy binolarining 93 foiziga zarar yetkazgan yoki ularni vayron qilgan. Taxminan 8 mingta uyning tomi shikastlangan yoki butunlay uchib ketgan.

 

Tabiiy ofat elektr energiyasi va suv ta’minotida jiddiy uzilishlarga sabab bo‘lgan. Kasalxonaga yetkazilgan zarar tufayli bemorlar qo‘shni hududlardagi tibbiyot muassasalariga ko‘chirilgan. Maktablar, qariyalar uylari va boshqa ijtimoiy obyektlar ham zarar ko‘rgan.

 

XMT vaziyatni baholash va favqulodda qutqaruv ishlariga ko‘maklashish uchun shaharga mutaxassislarini yubordi. Tashkilot boshpanalarni boshqarish, gumanitar yordamni muvofiqlashtirish va zarur vositalarni tarqatishda Braziliya hukumatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

XMTga ko‘ra, hozirgi eng muhim vazifa aholini xavfsiz boshpana bilan ta’minlash va zarur xizmatlarni tiklashdan iborat.

 

Braziliya Milliy meteorologiya instituti ma’lumotiga ko‘ra, bo‘ron vaqtida shamol tezligi sekundiga 31,7 metrga yetgan.

Rus tilida gapirganlik uchun jazo: Ukraina prezidenti ofisi rahbari jarimaga tortiladi

Rus tilida gapirganlik uchun jazo: Ukraina prezidenti ofisi rahbari jarimaga tortiladi

Kirill Budanov ommaviy tadbirda rus tilida gapirgani uchun 3400 grivna miqdorida jarimaga tortiladi.

Rossiya hujumlari Ukrainada besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: besh viloyatda elektr ta’minoti uzildi

Rossiya hujumlari Ukrainada besh kishining o‘limiga sabab bo‘ldi: besh viloyatda elektr ta’minoti uzildi

Energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar sabab ayrim hududlarda vaziyat og‘irligicha qolmoqda.

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Tramp Uchinchi jahon urushining oldini oldi — Lukashenko

Belarus rahbari Jo Bayden AQSh prezidenti bo‘lib qolganida, NATO davlatlari ham mojaroga tortilishi mumkinligini ta’kidladi.

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi

Bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 2025-yildagi rekorddan oshishi mumkin.

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

"Zelenskiyning o‘zi avtomat olib, frontga borsin" — Lukashenko

Belarus Prezidenti urushning tugashi tarafdori ekanligini bildirib, Zelenskiyni kelishuvga chaqirdi.

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

Zelenskiy yanvargacha kelishuvga umid qilmoqda, Tramp esa shubha bildirdi

AQSh prezidenti muzokaralar natijasi Rossiya va Ukrainaning pozitsiyalariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Husiylar Ar-Riyoddagi moliyaviy markazga hujum qildi: 11 kishi jarohatlandi

Jarohatlanganlar orasida xorijliklar ham bor.

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

AQSh Eronda rahbariyatni nishonga olish masalasini muhokama qilmoqda — NBC

Tramp ma’muriyatida bu masalada kelishmovchilik bor: ayrimlar zarbalarni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tinchlik muzokaralariga zarar yetishidan xavotirda.