Jahon

Rostov viloyatiga tungi havo hujumi uyushtirildi: dronlar urib tushirildi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida talafot ko‘rganlar yoki vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

Rostov viloyatiga tungi havo hujumi uyushtirildi: dronlar urib tushirildi

26-noyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Rostov viloyati hududi raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga uchradi. Tungi soatlarda amalga oshirilgan mazkur zarbalar Rostov-Don, Taganrog va Bataysk shaharlari, shuningdek, mintaqadagi yana oltita tumanga yo‘naltirilgan. Azovskiy, Verxnedonskiy, Kamenskiy, Myasnikovskiy, Neklinovskiy, Sholoxovskiy va Zernogradskiy tumanlari shular jumlasidandir.
 


Viloyat gubernatori Yuriy Slyusarning xabar berishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan 20 dan ziyod dron zararsizlantirilgan. Biroq tutib qolingan raketalarning aniq miqdori hozircha oshkor etilmayapti.
 


Avvalroq, Rossiyaning janubidagi eng yirik neft mahsulotlari yetkazib beruvchisi bo‘lgan Rostov viloyatidagi Novoshaxtinsk neftni qayta ishlash zavodi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan katta o‘qqa tutilganidan so‘ng faoliyatini to‘xtatgan edi . Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, zavodga qo‘shma hujum qilingan, Ukraina Qurolli kuchlari dronlar va raketalardan foydalangan. Yuriy Slyusarning tushuntirishicha, hujum olti soatdan ortiq davom etgan.