Kiyevda Yevroparlament ofisi ochilishi mumkin
Ayni kunlarda shu masala faol muhokama qilinmoqda.

Kiyevda Yevroparlament ofisini ochish masalasi faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu masala avvalroq ishlab chiqilgan va muhokamalar davom etmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.
Ushbu masala raislar konferensiyasida hal qilinishi kerak. Uning navbatdagi yig‘ilishi 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, biroq o‘sha kuni qaror qabul qilinadimi-yo‘qmi, nomaʼlum. Bryussel va Strasburgda qaror hali tasdiqlanmagan.







