Qirg‘iziston energetik ichimliklarni butunlay taqiqlamoqchi
Bu bo‘yicha yangi qonun loyihasi maʼqullandi.

Qirg‘iziston Parlamentining tegishli qo‘mitasi mamlakatga energetik ichimliklar olib kirish va ishlab chiqarishni taqiqlovchi qonun loyihasini maʼqulladi.
“Taqiq aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi”, — deyiladi ijtimoiy siyosat qo‘mitasida.







