Jahon

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish ko‘paygan

Bu haqda Eron mahalliy nashrlari xabar bermoqda.

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish ko‘paygan

 

Eronning Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi barcha dalillar, statistik maʼlumotlar va raqamlar Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish ko‘payganidan dalolat berishini maʼlum qildi. Bu haqda Eron mahalliy nashrlari xabar berdi.

 

Eron Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi bosh kotibi Iskandar Momeniy shunday bayonot berdi. U “Tolibon”ning Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishni qisqartirish haqidagi daʼvosi Tehron uchun umuman qabul qilinmasligini aytdi.

 

“Mamlakatda giyohvand moddalar ishlab chiqarishning o‘sishi sezilarli darajada oshgan, bu ham Eronni, ham dunyoni jiddiy tashvishga solmoqda. Narkotiklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakat bosh boshqarmasining strategik siyosati profilaktikaga asoslangan”, — dedi u.

 

Eron Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi bosh kotibi avvalroq “Tolibon”ning Afg‘onistonda narkotik ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi daʼvosi shunchaki shior ekanini va amalda hech narsa ko‘rmaganliklarini aytgandi.

 

Yaqinda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODS) yangi hisobotida Afg‘oniston dunyodagi eng tez metamfetamin ishlab chiqaruvchi davlat ekanini eʼlon qilgandi. O‘z navbatida, “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda 2023 yil boshida ko‘knori yetishtirishni va har qanday giyohvand moddalarni import va eksport qilishni qatʼiy taqiqlovchi farmoyish chiqargandi.

 

Biroq “Tolibon” rasmiylarining o‘zlari mamlakatda giyohvand moddalar yetishtirish va kontrabanda qilishda ayblanmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish ko‘paygan | Zamon.uz