Bill Geyts suvdan yonilg‘i olishga pul tikmoqda
Uning kompaniyasi loyihaning 15 foizini sotib olgan.

Shvetsiyaning “Liquid Wind” kompaniyasi mamlakat shimolidagi Ernshyoldsvik shahrida kemalar uchun suvdan elektron yonilg‘i chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirmoqda.
Loyihaga Bill Geyts ham qo‘shildi. U g‘oyaning 15 foizini sotib olib, iqlim inqirozini hal qilish uchun texnologiyaga sarmoya kiritishini eʼlon qildi.
Maxsus texnologiya asosida metanol ishlab chiqarish uchun kogeneratsiya zavodida olingan elektr energiyasi, suv va karbonat angidridni birlashtirib, dengiz yonilg‘isi sifatida foydalanish mumkin.
Rejaga ko‘ra, Breakthrough zavodi shu o‘n yillik o‘rtalarida dengiz yonilg‘isi ishlab chiqara boshlaydi.
"Menga bu loyihalar yoqadi. Yuk tashish sohasi chiqindidan xalos bo‘lishi juda qiyin va juda ko‘p emissiya hosil qiladi", – deydi Bill Geyts.







