Perudagi konga hujum uyushtirildi
Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan.

Perudagi Poderosa koniga qurolli shaxslar bostirib kirdi.
Mamlakat politsiyasining maʼlum qilishicha, bosqinchilar Patas provinsiyasida joylashgan konga kirish uchun portlovchi moddalardan foydalanishgan.
Oqibatda esa to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan.
Bundan tashqari, jinoiy guruh kompaniyaning ichki xavfsizlik xodimlari bilan bilan to‘qnash kelgan va to‘rt kishini garovga olgan.
Mahalliy hukumat o‘z bayonotida 10 nafar ishchi og‘ir, uch nafari yengil tan jarohati olganini maʼlum qildi.
Xavfsizlik xizmatining bergan xabarlariga ko‘ra, hozirda gumonlanuvchilarning 7 nafari hibsga olingan.







