Bolgariya Ukrainaga harbiy texnikalar beradi
Parlament prezident kiritgan vetoni bekor qildi.

Bolgariya parlamenti prezident Rumen Radev tomonidan zirhli texnikalarni Kiyevga tekin topshirish haqidagi kelishuvga qo‘yilgan vetoni bekor qildi.
Rossiyaparast qarashlari bilan tanilgan Radev dekabr oyi boshida kelishuvni bekor qilishga urinib, o‘z harakatini “Bolgariya fuqarolarining xavfsizligi, salomatligi va hayoti hukumatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” degan sabab bilan oqladi. Ammo Bolgariya parlamentining 162 aʼzosi prezident vetosini bekor qilishni yoqlab ovoz berdi, 55 deputat esa qarshi chiqdi.
Kiyevga ko‘chma zenit-raketa komplekslari, ularning snaryadlari va zirhli texnikalari yuboriladi. Bolgariya, shuningdek, ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishni o‘qitish dasturida ishtirok etadi.







