Jahon

Trampning reytingi Baydennikidan yuqorilab ketdi

47 foiz amerikalik saylovda Donald Trampga ovoz berishga tayyor.

Trampning reytingi Baydennikidan yuqorilab ketdi

 

O‘tkazilgan so‘rovnoma ishtirokchilarining 47 foizi prezidentlik saylovida Donald Trampga ovoz berishga tayyor, 43 foizi esa amaldagi prezident Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlaydi. Bo‘lajak prezidentlik sayloviga boshqa nomzodlar ham qo‘shilsa, bu farq yana-da kengayadi — 37 foizga nisbatan 31 foiz.

 

Boshqa potensial nomzodlardan eng mashhuri, sobiq demokrat kichik Robert Kennedi esa mazkur so‘rovnomada 8 foiz ovoz to‘plagan.

 

So‘rovnomada qatnashganlarning 23 foizi amaldagi prezident siyosati o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lganini aytgan. Shu bilan birga, 53 foizi ishtirokchi Baydenning siyosati hayotiga salbiy taʼsir ko‘rsatgan deb hisoblaydi. Tramp uchun bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 49 foizga 37 foizni tashkil qilgan.

 

Tramp Bayden bilan ilk marta The Wall Street Journal nashrining saylovoldi so‘rovnomasida to‘qnash keldi. Ushbu so‘rovnoma 29 noyabrdan 4 dekabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida onlayn va offlayn ko‘rinishda o‘tkazildi. Unda 1500 kishi ishtirok etdi.

 

Maʼlumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Trampning reytingi Baydennikidan yuqorilab ketdi | Zamon.uz