O'zbekiston

Mol-mulk solig‘i to‘lovlari 1 yanvardan oshadi

Toshkent shahri uchun mol-mulk solig‘i 3 mln so‘mni tashkil etishi belgilanmoqda.

Mol-mulk solig‘i to‘lovlari 1 yanvardan oshadi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida «Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

 

2024-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining asosiy stavkasini (1,5 foiz) saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kv.M uchun o‘rnatilgan minimal qiymat indeksatsiya qilinmoqda.

 

Toshkent shahri uchun mol-mulk solig‘i – 3 mln so‘m (amalda 2,5 mln so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlari uchun – 2 mln so‘m (amalda 1,5 mln so‘m), boshqa shaharlar va qishloq joylar uchun – 1,2 mln so‘m (amalda 1 mln so‘m)ni tashkil etadi.

 

Shuningdek, qonun loyihasi bilan resurs soliqlarining o‘z vaqtida to‘lanishini taʼminlash maqsadida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma shaklida soliqni to‘lash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi kiritilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mol-mulk va yer solig‘iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqarilishi bo‘yicha Prezident qarori imzolangandi.

custom img

Tomdi tuman sudi raisi lavozimiga majburan tayinlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Sudyalar oliy kengashi uning tayinlovi YTH bilan bog‘liq ekani haqidagi taxminlarni asossiz deb atadi.

custom img

Prezident “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilib, yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanadi.

custom img

Urganch xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 ming 300 nafargacha ortadi

Prezident Urganch xalqaro aeroportining rasmiy delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan yangi terminalini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Omskdagi yong‘inda jarohatlangan ikki o‘zbekistonlikning ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi

Ulardan biri sun’iy nafas olish apparatiga ulangan, ikkinchisi ham reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda.

custom img

Muddatli to‘lov xizmatlari operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Banklar va mikromoliya tashkilotlaridan tashqari, muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator deb e’tirof etiladi.

custom img

Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Ulardan biri 85 mln so‘m, boshqalari esa 4 ming va 5 900 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

custom img

DXX kubogining Respublika bosqichiga qur’a tashlandi

Bahslar 17–22-avgust kunlari “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

custom img

Toshkentda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in chiqdi

Yong‘in soat 22:43 da qurshab olingan, hozirda uni to‘liq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"