Jahon

2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga 21,6 mlrd dollargacha zarar yetishi aytilmoqda

Bu YAIMning 4,7 foizini tashkil etadi.

2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga 21,6 mlrd dollargacha zarar yetishi aytilmoqda

 

JSST ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha tana massasi indeksi 1 kvadrat metrga 26,5 kg ni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 2060-yilga borib semizlik oqibatida iqtisodiyotga yetadigan zarar 21,6 mlrd dollargacha oshishi kutilmoqda, bu — YAIMning 4,7 foiziga teng.

 

2060-yilga borib O‘zbekiston iqtisodiyotiga ortiqcha vazn va semirib ketishdan tushadigan xarajatlar 21,6 milliard dollargacha oshadi, bu aholi jon boshiga 490 dollar va YAIMning 4,7 foiziga to‘g‘ri keladi. Raqamlar umumiy xarajatlarning 12 barobar o‘sishini anglatadi.

 

Bu bo‘yicha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki, JSST va Butunjahon semizlikka qarshi kurashish federatsiyasi (WOF) ma’lumotlari asosida ortiqcha vazn va semirishning O‘zbekiston uchun iqtisodiy oqibatlarini tahlil qildi.

 

O‘zbekistonda o‘rtacha Tana massasi indeksi (TMI) 1991 yildan buyon har yili 0,12 punktga oshdi va 2006 yilda har kvadrat metr uchun 25 kg ga yetdi.

 

Tana massasi indeksi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: tana vazni kilogrammda / bo‘y esa kvadrat metrda. Erkaklar uchun ideal tana vazni indeks bo‘yicha 23, ayollar uchun esa 21,5 ni tashkil etadi.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda o‘rtacha TMI har kvadrat metr uchun 26,5 kg ni tashkil qiladi, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

 

Yuqori TMI yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, tayanch-harakatlanish tizimi kasalliklari va saraton kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning asosiy xavf omillaridan biridir.

 

WOF ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 va 2060-yillarga kelib, ortiqcha vaznli yoki semirib ketgan kattalar ulushi mos ravishda 59% va 80% gacha oshadi. Semizlik bilan kasallangan kattalar ulushi 2020-yildagi 18,9 foizdan 2030-yilga kelib 25 foizga va 2060-yilga kelib 50 foizga oshadi.

 

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"