New York Times Microsoft’ni sudga berdi
Sud qarori keyingi tergov va AQSh qonunchiligidagi o‘zgarishlar uchun namuna bo‘lishi mumkin.

New York Times gazetasi OpenAI va Microsoft’ni sudga berdi. Noshirlar ularni gazetaning millionlab maqolalaridan chatbotlarni sinashda yordam berish uchun ruxsatsiz foydalanganlikda aybladi. Natijada axborot manbasi sifatida gazeta bilan raqobatlashadigan va uning auditoriyasini o‘g‘irlaydigan kontent paydo bo‘lmoqda.
Gazeta vakillarining fikricha, bu mualliflik huquqining buzilishidir. Endilikda ular online kontentlardan tovon to'lamasdan foydalanishni taqiqlash tarafdori.
Bu yirik mediakompaniyaning sun’iy intellekt modellarini yaratuvchilarni sudga berishi bo‘yicha birinchi holat hisoblanadi.
Sud qarori keyingi tergov va AQSh qonunchiligidagi o‘zgarishlar uchun namuna bo‘lishi mumkin.







